• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Har bir muzlatkichda topiladi: qanday oziq-ovqatlar insult xavfini kamaytiradi, qaysilari esa oshiradi?

    Ma’lumki, to‘g‘ri ovqatlanish nafaqat kerakli vaznni saqlashga yordam beradi, balki yurak muammolari xavfini ham kamaytiradi. Oddiy parhez aslida insult xavfining oldini oladi. “To‘g‘ri ovqatlanish yurak xastaliklari, diabet va saraton xavfini kamaytirishga yordam berishini bilishingiz mumkin. Ammo har doim ham u insult yoki vaqtinchalik ishemik xurujga duchor bo‘lish ehtimolini kamaytirishi borasida bosh qotirmaysiz”, deb xabar beradi Britaniya insult assotsiatsiyasi.

    Barcha organlar singari miyaning me’yorda ishlashi uchun u qondagi kislorod va ozuqa moddalariga muhtoj. Ammo qon ta’minoti cheklangan yoki to‘xtab qolgan bo‘lsa, miya hujayralari halok bo‘lishni boshlaydi. Bu miya shikastlanishiga, nogironlikka va hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Bu insult deb ataladi.

    Insult paydo bo‘lishining ikkita asosiy sababi bor. Ishemik insultda qon quyqalanishi (tromb) tufayli qon ta’minoti to‘xtaydi, bu barcha holatlarning 85 foizini tashkil qiladi. Ikkinchisi gemorragik insult bo‘lib, bunda miyani ta’minlaydigan ingichka qon tomir yorilib ketadi.

    Foto: Marie Claire

    Insultning asosiy belgilari yuzdagi o‘zgarishlar bilan tasniflanadi: u bir tomonga burishib qolishi mumkin, shuning uchun odam tabassum qila olmaydi. Insultni qo‘llarning holati bilan ham tanib olsa bo‘ladi: odam bir qo‘lida zaiflik yoki uyquchanlik tuyadi, shuningdek, harakatning yetishmasligi tufayli ikkala qo‘lini ko‘tarib, ushlab turolmaydi. Nutqda chalkashlik, juda sekin yoki juda tez gapirish yoki umuman bu qobiliyatni yo‘qotish holatlari qayd etilishi mumkin. Ayni paytda vaqtni boy bermaslik va shoshilinch tez yordam chaqirish zarur, chunki bunday vaziyatlarda har bir daqiqa g‘animat bo‘ladi.

    Maxsus parhez o‘zingizni xavflardan himoya qilishga yordam beradi. Britaniya insult assotsiatsiyasi imkon qadar ko‘proq sabzavot va mevalarni iste’mol qilishni maslahat beradi, kuniga kamida besh porsiya. Kuniga besh yoki undan ortiq porsiya meva va sabzavotlar insult xavfini 30 foizgacha kamaytirishi mumkin. Iste’mol qilingan har bir qo‘shimcha meva va sabzavot xavfni yanada kamaytiradi. Ularning miqdorini asta-sekin oshirishga harakat qiling. Ishga meva olib kelishni boshlang, tushlikka salat qo‘shing yoki uyda sabzavotli sho‘rva tayyorlab ko‘ring.

    Foto: Maire Claire

    Bir porsiya taxminan 80 grammni tashkil qiladi. Insult assotsiatsiyasiga ko‘ra, “bu bitta olma yoki ikkita olxo‘ri, bir hovuch rezavor meva yoki uch qoshiq mevali salat bo‘lishi mumkin”. Va kuniga kamida jami besh porsiya bo‘lishi kerak. Kaliy minerali yuqori qon bosimining oldini olishga yordam beradi va ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish kaliy darajasini oshirishning yaxshi usuli hisoblanadi.

    Kaliydan tashqari, o‘simlik oziq-ovqat mahsulotlarida ham ko‘p bo‘lgan protein haqida unutmaslik tavsiya etiladi. Protein yog‘li baliq, loviya, no‘xat, dukkaklilar, yong‘oqlar va urug‘larda uchraydi. Organizm esa har kuni oz miqdorda proteinga muhtoj. Bu modda, shuningdek, sut, pishloq va tuxum kabi mahsulotlarda mavjud. Yog‘ni kamaytirish uchun iloji boricha yog‘siz go‘sht va parranda go‘shtini iste’mol qilishga intiling.

    Oyiga kamida bir marta har qanday baliq turini iste’mol qilish insult xavfini kamaytiradi va haftasiga bir yoki ikki porsiya, jumladan, bir porsiya yog‘li baliqni taomnomaga kiritgan ma’qul.

    Foto: Marie Claire

    Shubhasiz, diyetangizdagi tuz miqdorini kamaytirish ortiqcha emasligini eshitgansiz. Odatda tuzning miqdori kuniga 1 ming 500 milligrammdan oshmasligi kerak. Shu sababli tez tayyor bo‘ladigan taomlar va turli xil gazaklar, masalan, chips, kraker, tuzlangan yong‘oq va kolbasalardan voz kechgan afzal. Mayonez va boshqa souslar va zararli yog‘larga to‘la qo‘shimchalar shunday toifaga kirishi kerak. Qon tomirlari devorlariga xolesterin to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, shu bois oyda faqat bir marta fastfudlar bilan ovqatlanish mumkin, faqat bir marta. Shuningdek, ko'pincha qandli diabetning rivojlanishiga olib keladigan shakarli gazlangan ichimliklardan voz kechish zarur, bu ham insult uchun xavf omilidir.

    Mavzuga doir:

    • Nima sababdan uzoq umr ko‘rish uchun qon bosimini o‘lchab turish kerak? Kardiolog tushuntiradi
    • Tovushsiz dushmanlar: simptomsiz kechadigan 4 xil xavfli kasallik
    • Gipertoniya: yuqori qon bosimidan aziyat chekayotganlar uchun 8 tavsiya
    18.04.2023, 21:25   Izoh (0)   13636
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    D vitamini va terining qarishi: nimalar to‘g‘ri-yu, qaysi yondashuv xato ekanini bilasizmi?

    18.04.2023, 14:26

    Krem ​​va patchlarsiz tanadagi shishlarni ketkazadigan 11 ta eng yaxshi ichimlik

    18.04.2023, 12:40

    Nima sababdan uzoq umr ko‘rish uchun qon bosimini o‘lchab turish kerak? Kardiolog tushuntiradi

    17.04.2023, 20:50

    Hech qachon allergiya qo‘zg‘atishi haqida o‘ylamagan uyingizdagi 7 ta allergen

    17.04.2023, 15:39

    Uzoq umr ko‘ruvchi xalq: yaponlarning yosh ko‘rsatuvchi 4 odati

    17.04.2023, 13:28

    Ertalab uyg‘onganda kutilmagan tomoq og‘rig‘i: siz bilmagan 8 ta sabab

    14.04.2023, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Meni televideniyega chiqarilmasin, degan topshiriqni kim berganini bilmayman” — xonanda Xurshid Rasulov “zapret”ga tushgani haqida

    Musiqa | 28 iyun, 09:04

    Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 08:33

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.