Dubayda avtomobil raqamlari narxi bo‘yicha rekord o‘rnatildi. P7 kombinatsiyasi bo‘lgan raqam auksionda 15 million dollarga sotildi, bu biznes-jet narxiga teng, deb xabar bermoqda “Korrespondent” nashri.
Xaridor ismi anonim tarzda qolishni xohlagan. Shu bilan birga, lot uchun haqiqiy kurash boshlangani qayd etilgan.
Auksionda “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov ham ishtirok etgan. Rossiyalik milliarder raqam uchun 9,5 million dollar berishga tayyorligini bildirgan.
Bu kabi auksionlardan tushgan mablag‘ odatda Birlashgan Arab Amirliklaridagi yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yoki xayriya – kambag‘allar uchun oziq-ovqatga yo‘naltiriladi.
Avvalroq Dubayda AA9 avtomobil raqami 10 million dollardan ko‘proqqa baholangan va bu jahon rekordiga aylangan edi.
Izoh (0)