• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buyuk temiryo‘l: Rossiya bilan hamkorlik O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishiga qanday hissa qo‘shmoqda

    Har qanday mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining omillaridan biri bu transportdan foydalanish imkoniyatining o‘sishidir. Bu ayniqsa, tovarlari dengizga chiqishi uchun kamida ikki davlat chegarasidan o‘tishi shart bo‘lgan O‘zbekistonga uchun muhimdir. Bunda esa temiryo‘l aloqasi asosiy o‘rin egallaydi. Aynan temiryo‘llar mamlakatni asosiy savdo sheriklari, yaʼni Rossiya va Osiyo davlatlari bilan bog‘laydi.

    Savdo aylanmasining o‘sishi va transport hamkorligini rivojlantirish

    30 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston va Rossiya ikki mustaqil davlat sifatida munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda va bu yillar davomida transport kommunikatsiyalari muhim rol o‘ynab kelmoqda. Hatto butun dunyo bo‘ylab taʼminot zanjirlarini jiddiy ravishda buzgan pandemiya ham ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga xalaqit bera olmadi. Va o‘tgan yili ushbu davlatlar o‘rtasidagi temiryo‘l aloqasi koronavirus cheklovlaridan keyin to‘liq tiklandi.

    Hozir mamlakatlar ham yuk, ham yo‘lovchi tashishni ko‘paytirish rejalarini faol ishlab chiqmoqda. Axir O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari o‘zaro savdo ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha ulkan maqsadni qo‘yishgan. Bunga esa mamlakatlar o‘rtasidagi amaldagi mavjud kelishuvlar, ayniqsa, o‘tgan yilning sentyabr oyida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin tomonidan imzolangan, O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘maklashadi. Ilgari erishilgan kelishuvlar ham qo‘llanilmoqda, masalan, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi rahbari Shavkat Mirziyoyev “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasi boshqaruvi rahbari Oleg Belozyorov bilan uchrashib, pandemiyadan keyingi davrda davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan edi. O‘shanda, masala, hususan, yuk tashish hajmini oshirish to‘g‘risida edi.

    Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikka O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minovning “Valday” xalqaro munozara klubi dastur direktori Timofey Bordachyov bilan uchrashuvi yordam berdi. Hamkorlar transport sohasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildilar, xususan, Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga tayyorligini taʼkidladilar.

    Temiryo‘llarning harakat tarkibini yangilashda ham rossiyalik hamkorlarning ishtiroki bor. Masalan, elektr poyezdlarini xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazishdan avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari shahar atrofi qatnovining xalqaro tajribasini o‘rgangan. Germaniyaning Deutsche Bahn AG temiryo‘l kompaniyasi va Rossiyaning “Transmashxolding” OAJ ham jarayonning faol ishtirokchisi bo‘ldi. “Transmashxolding” OAJ MDH mamlakatlariga, xususan, O‘zbekistonga temiryo‘l texnikalarini anʼanaviy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Shunday qilib, mamlakatdagi lokomotivlarning 5 foizi Rossiya kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va 70 foizga yaqini sobiq Ittifoq davrida hozirgi “Transmashxolding” tarkibiga kiruvchi zavodlar tomonidan ishlab chiqarilgan. Toshkent metropoliteni vagonlari esa uning tarkibiga kiruvchi “Metrovagonmash” zavodida ishlab chiqilgan.

    Yaqin qo‘shnilarning tajribasi eʼtiborga molik. Masalan, Qozog‘istonda nafaqat lokomotivlar, balki “Transmashxolding” tarkibiga kiruvchi Demixov mashinasozlik zavodida EP3D, ED9MK, ED9M, ED9E kabi elektropoyezdlar ham ishlab chiqariladi.

    Agar biz umuman Rossiya kapitalining ishtiroki haqida gapiradigan bo‘lsak, rus biznesi anʼanaviy ravishda neft va gaz sektoriga, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritadi. “Yig‘ilgan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi”, – dedi Rossiya Federatsiyasining iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov dekabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumi maydonida.

    Yuk tashish salohiyati

    O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilda 9,28 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2021-yilga nisbatan 23 foizga ko‘pdir. Bunda 2021-yil oxirida Rossiya-O‘zbekiston-Rossiya yo‘nalishi bo‘ylab ishga tushirilgan “Agroekspress”ning ham hissasi bor. Tezlashtirilgan konteyner poyezdlarining yo‘lga qo‘yilishi logistikani soddalashtirdi va YEOIIga aʼzo mamlakatlardan O‘zbekiston, Xitoy va MDH davlatlariga oziq-ovqat yetkazib berishda uning tannarxini pasayishiga sababchi bo‘ldi. “Agroekspress” allaqachon nafaqat Xitoy va O‘zbekiston bilan, balki Rossiya bo‘ylab ham ishlaydi. Yo‘nalishlar ro‘yxatini kengaytirish va zamonaviy texnologik yechimlarni qo‘llash, Rossiyaning sovutgichli konteynerlari va fleksitanklarini qo‘llash orqali xizmat doimiy ravishda takomillashtirilmoqda.

    Biroq, yangi logistika yechimlarini ishga tushirish jarayoni har doim ham muammosiz ketavermaydi. Mavjud vositalar to‘liq salohiyatga ega bo‘lishi uchun ishni kuchaytirish lozim.

    “Bilaman, loyiha doirasida birinchi oziq-ovqat yetkazib berish 2020–2021-yillarda amalga oshirilgan, biroq ko‘rib turganingizdek, yetkazib berishda hozircha katta o‘sish kuzatilmagan. Bunga bir nechta sabablar bo‘lishi mumkin: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining loyiha haqida xabardorlik darajasi pastligi, transport yuk mashinalari orqali faqat odatiy tasdiqlangan yetkazib berish sxemalaridan foydalanishda ongning o‘rganib qolganligi, tezlashtirilgan konteyner poyezdida mahsulotlarni yetkazib berishning mumkin bo‘lgan afzalliklari haqida maʼlumot yo‘qligi. Bu yangi yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish uchun ko‘p mehnat talab etiladi – har bir hududda yig‘ish va jo‘natish uchun logistika markazlari bo‘lishi, fermerlar konteyner poyezdlarini jo‘natishning ishonchliligi va moliyaviy afzalliklariga ishonch hosil qilishlari kerak. Yuklarni ro‘yxatdan o‘tkazishda odamlar kerakli hujjatlar bilan tanishishlari kerak, yuk tashishning muntazamligi va xavfsizligi bo‘lishi kerak. “Agroekspress” kabi loyihalar, shubhasiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega: axir, Rossiya va Xitoy obyektiv jihatdan mintaqamiz uchun eng yirik savdo hamkorlaridir”, — dedi “Maʼno” tadqiqot va innovatsiyalar markazi rahbari Baxtiyor Ergashev.

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, garchi muhim bo‘lsa ham, poezdlar va vagonlarning harakatlanishini talab qiladigan yagona tovarlar guruhi emas. “Rossiya O‘zbekiston bilan neft mahsulotlarini temiryo‘l orqali yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. 2023-yil fevral oyida Rossiya korxonalari O‘zbekistonga 300 ming tonnadan ortiq neft mahsulotlari yetkazib berdi. O‘zbekiston bozorida talabga ega bo‘lgan, temiryo‘l orqali tashiladigan Rossiyada ishlab chiqarilgan yoqilg‘i turlari orasida benzin, dizel yoqilg‘isi, barqaror gaz benzini, mazut va boshqa birlamchi qayta ishlash mahsulotlarini alohida taʼkidlashimiz kerak”, — dedi Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining, Marketing va xalqaro hamkorlik fakulteti dotsenti Tamara Safonova.

    O‘zbekiston uchun “Savdo darvozalari”

    Xalqaro transport loyihalari O‘zbekiston uchun mahsulotlarni sotish “savdo darvozasi”ga aylanishi mumkin. Masalan, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li boshqa davlatlardagi potensial savdo bozorlarini bog‘lash imkonini beruvchi istiqbolli transport yo‘nalishining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, yanada global “Shimol-Janub” koridoriga integratsiya qilinadigan Mozori Sharif – Qobul – Peshovar temiryo‘li loyihasining amalga oshirilishi uchun Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini jismoniy jihatdan yaqinroq qilish mo‘ljallangan keng temiryo‘l liniyalari tarmog‘ining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Ayniqsa, hozirgi vaqtda savdo almashinuvining asosiy usuli bo‘lgan – dengizga, to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqish imkoni bo‘lmaganlar. Bugungi kunda Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi umumiy savdoning qariyb 90 foiz dengiz yo‘llari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ammo O‘zbekiston uchun bunday transport formatining imkoni yo‘q.

    Loyiha qiymati 5 milliard dollarga baholanmoqda, tranzit salohiyati esa yiliga 20 million tonnagacha yukni tashkil etadi. Rejani amalga oshirishda Rossiya tomoni ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov “Rossiya temir yo‘llari” kompaniyasining Afg‘oniston temiryo‘l koridorini qurishda ishtirok etishdan manfaatdorligini muhim deb atadi va bu xalqaro temiryo‘l aloqasining prinsipial yangi modelini shakllantirish imkonini berishini, taʼkidladi.

    O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov 2022-yilda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya davomida, Markaziy Osiyo davlatlari birgalikda bir qator yangi multimodal koridorlarni yaratganini taʼkidladi. Bugungi murakkab vaziyatda anʼanaviy yuklarni yetkazib berish zanjiri jiddiy ravishda buzilib, ayrim yo‘nalishlarda to‘liq falaj bo‘lib qolganligini, shu bois xalqaro yuk tashishning muqobil yo‘nalishlarini ishlab chiqish muhimligi, Shimol-Janub koridori ham shunday yo‘nalishga aylanishi mumkinligini aytdi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi transport hamkorligini mustahkamlashni davom yettirish ham birdek muhim. Shunday qilib, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov 2022-yil dekabr oyida rossiyalik hamkasbi Mixail Mishustin bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida: “Biz transport-logistika sohasida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdormiz, bunda muqobil xalqaro transport tranzit koridorlarini shakllantirishdan ham ustuvor”, deb taʼkidladi.

    Rossiya tajribasiga tayanish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha belgilangan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Yuk tashishni rivojlantirish esa infratuzilmani yangilashni ham taqozo etadi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashning muhim omiliga aylanadi.

    10.04.2023, 13:30   Izoh (0)   7340
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda voyaga yetmagan shaxs sevgan qizini boshqa bilan yurganini ko‘rib, yigitning burnini sindirdi

    10.04.2023, 13:10

    Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ayrim hududlari elektr energiyasisiz qoldi

    10.04.2023, 13:01

    “Mutaxassislar Toshkent shahriga tramvay kiritilsa, kattaroq tirbandlikka duch kelishimizni aytmoqda” — Transport vaziri Ilhom Mahkamov

    10.04.2023, 12:26

    O‘zbekistonda 11-aprel kuni 30 darajagacha issiq bo‘ladi

    10.04.2023, 12:07

    O‘zbekistonda 3 oyda tez yordamga qancha yolg‘on chaqiriq kelib tushgani ma’lum qilindi

    10.04.2023, 11:59

    “Bir million kishilik yangi shahar quramiz” — Shavkat Umrzoqov Toshkent shahri kengaytirilishini aytdi 

    10.04.2023, 11:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.