Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 4-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,92 so‘mga tushib, 11 395,73 so‘mni tashkil qildi. Yevro 46,17 so‘mga pastlab, 12 365,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,35 so‘mga tushib, 146,46 so‘mni tashkil qildi.
Bundan avval ham ushbu valyuta kurslarining barchasi so‘mga nisbatan pastlagandi.
Izoh (0)