Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Donetsk viloyatidagi Baxmut shahri uchun kechayotgan janglarda Rossiya harbiylari ukrainalik himoyachilarga qaraganda besh baravar ko‘p askarini yo‘qotdi. Bu haqda CNN NATOdagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Foto: Telegram

Xususan, agentlik suhbatdoshining aytishicha, Baxmut hududida halok bo‘lgan har bir ukrainalik askarga kamida besh nafar halok bo‘lgan rus askari to‘g‘ri keladi.

NATO mulozimining ta’kidlashicha, beshga bir nisbati razvedka ma’lumotlariga asoslangan bahodir. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina ham shaharni himoya qilishda katta yo‘qotishlarga duchor bo‘lmoqda.

Avvalroq Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Aleksandr Rodnyanskiyning CNN telekanaliga bergan intervyusida Baxmut shahridan ukrainalik harbiylar “strategik chekinish”i mumkinligini aytgandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa harbiy amaldorlar bilan uchrashib, Baxmutda ukrain armiyasi pozitsiyasini mustahkamlash haqida gapirgan. Buning fonida Zelenskiy va general Valeriy Zalujniy o‘rtasida Baxmut borasida kelishmovchilik yuzaga kelgani xabar qilindi. Jumladan, general Baxmutdan erta chekinish borasida gapirgan.

Rossiya armiyasining e’tibori Donetsk va yaqin atrofdagi qishloqlarga qaratilgan bo‘lib, Moskva Baxmutdagi qarshilikni yakunlash uchun u yerda katta resurslarini to‘plagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi