Ispaniya Kubogi. “Barselona” avtogol evaziga “Real”ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining yarim final dastlabki bahsida “Real” 2-mart, payshanba kuni “Barselona”ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismida madridliklar faolroq harakat qildi. Biroq birinchi bo‘lib hisobni ochish katalonlarga nasib etdi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Eder Militao o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Tanaffusga qadar va ikkinchi bo‘limda ustunlik mezbonlar tomonida bo‘ldi. Ammo madridliklar raqib darvozasi tomon yo‘l topa olmadi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 5-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Ispaniya Kubogi
Yarim final, dastlabki bahs
2-mart, payshanba
“Real Madrid” — “Barselona” 0:1
Gol: 0:1 – 26, avtogol Militao.
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal, Ryudiger, Militao, Nacho (Rodrigo, 67), Modrich (Rodriges, 84), Kroos (Tchuameni, 74), Valverde, Kamavinga, Benzema, Vinisius Junior.
“Barselona”: ter Shtegen, Arauxo, Alonso, Kunde, Balde, Buskets, Kessie (Serxi Roberto, 86), de Yong, Gavi, Rafinya (Fati, 69), Ferran Torres.
Ogohlantirishlar: Vinisius Junior (24), Rafinya (45), Gavi (51), Nacho (55), Kessie (66), Valverde (73).
