Argentinada Lionel Messining oilasiga aloqador supermarketda otishma sodir bo‘ldi.
Mahalliy vaqt bilan tonggi 3:20 da notanish shaxslar tomonidan Rosario shahridagi supermarketlardan biriga qarata bir nechta o‘q uzilgan. Do‘kon Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokutssoning oilasiga tegishli Unico tarmog‘iga tegishli.
Jinoyatchilar supermarket eshigi tutqichiga xat ilib ketgan. Unda “PSJ” forvardiga murojaat qilingan. “Messi, biz seni kutamiz. Yavkin (Rosario meri — izoh “Daryo”) — narkoman, u senga yordam bermaydi”, — deyilgan xatda.
Infobae xabariga ko‘ra, supermarket boshqaruvchilari bu vaqtga qadar hech qanday tahdid yoki tovlamachilikka duch kelmagan. Politsiya ko‘chadan 12 ta gilza topgan, metall to‘siqlardan 14 ta o‘q izi topilgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, jinoyatni mototsikl mingan ikki erkak sodir etgan. Ayni vaqtda prokuratura bu ish bilan shug‘ullanmoqda.
Avvalroq “Rosario Sentral” bosh murabbiyi Migel Anxel Russo o‘yinchilar shahardagi notinchlik sabab klub safida o‘ynashni istamayotganini aytgan. Shahar meri bu gaplari uchun murabbiyni omma oldida tanqid ostiga olgandi.
Izoh (0)