Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 2023-yilning iyun oyida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada festivali o‘tkaziladi. Unda dunyoning 86 mamlakatidan milliy estrada xonandalari ishtirok etadi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 17-may kuni Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida turizmni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti qilinib, ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida Xonobod shahrida milliy estrada ijrochiligi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkazish taklifi ilgari surilgan. Shuningdek, 2022-yil 3-fevraldagi “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida 2023-yilda “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivalini o‘tkazish belgilangan.

Xonobod shahar hokimligi mas`ullarining aytishicha, festivalga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlangan. Madaniyat va turizm vazirligidan vakillar kelib, sahnalar o‘rnatiladigan joylarni tanlab ketgan. Hozirda sahnalarni barpo etish, shu bilan birga mehmonlar joylashtiriladigan binolarda shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, tomoshabinlarning miriqib hordiq chiqarishlari uchun ham barcha qulayliklar yaratilishi belgilangan.

Taʼkidlanishicha, mazkur festival respublika va mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Festivalga dunyoning 86 mamlakatidan milliy estrada xonandalarini taklif etish rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi