Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo‘yicha WR Chess Masters musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
![](/static/Sport/abdusattorov.jpg)
Dunyoning o‘n nafar kuchli grossmeysterlari o‘rtasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra amerikalik Levon Aronian (5,5 ochko) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston vakili Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etdi va 4 ochko ko‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik grossmeyster musobaqa davomida Andrey Yesipenkoni mag‘lub etdi, Yan Nepomnyashiy, Uesli So, Dommaraju Gukesh, Rameshbabu Pragnanandha, Anish Giri va Yan-Kshishtof Duda bilan durang o‘ynadi. Levon Aronian hamda Vinsent Keymerga qarshi kechgan partiyalarni boy berdi.
Ushbu musobaqadan keyin Abdusattarov FIDE reytingida 2,8 ball yo‘qotdi, biroq 18-pog‘onanini saqlab turibdi.
Izoh (0)