• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil bo‘ldi. Nimalar o‘zgardi?

    O‘zbekistonda 2019—2022-yillarda issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan jami 6 milliard 919 million dollarga teng 19 ta bitim imzolangan. Bu haqda Energetika vazirligi “Daryo”ga maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda yashil energetika davrining boshlanishi

    Respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish bor-yo‘g‘i uch yillik tarixga ega. Ammo shu qisqa davr ichida salmoqli natijalarga erishildi, deyish mumkin.

    2019-yilda qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun sohani rivojlantirish sari bosilgan muhim qadam bo‘ldi. Hujjatda yashil energetika tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha tashkiliy va huquqiy masalalar o‘rin olgan. Yashil energetika qurilmalari va ulardan energiya ishlab chiqaruvchilarga bir qator imtiyozlar berilishi belgilandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan sohaga doir bir qator qarorlar natijasida mamlakatda yashil energetika poydevori qurildi.

    Energetika vazirligining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, 2019—2022-yillarda respublikada issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xorijiy investorlar bilan jami 6 milliard 919 million dollarga teng 19 ta bitim imzolangan. Natijada mamlakatda bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi va ular bugun o‘z samarasini bera boshlagan. Misol uchun, Navoiy va Samarqand viloyatlarida qurilgan ikkita yirik quyosh stansiyalari respublikada yashil energiya davrini yangi pog‘onaga ko‘tardi.

    Foto: Energetika vazirligi

    Birinchi yirik stansiyaning ishga tushirilishi

    2021-yil avgustda Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 megavatt quvvatli O‘zbekistonda birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Stansiyani ishga tushirish marosimida prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etgan.

    Bu loyiha doirasida qisqa muddatda — bir yarim yil ichida katta hajmdagi ishlar bajarilganini taʼkidlash lozim. Xususan, 110 million dollar investitsiyalar o‘zlashtirilib, 300 mingta quyosh panellari o‘rnatilgani chindan ham sanoatimiz tarixida juda katta voqeadir. Bu yerda yiliga 252 million kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning hisobidan 80 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 160 ming tonna bug‘lanuvchi gazlar chiqishining oldi olinadi, — deya nutq so‘zlagan davlat rahbari.

    Prezident bu stansiya mamlakat tarixida ilk bor xususiy investor tomonidan qurilganiga ham alohida urg‘u bergan. Investitsiya loyihasi Birlashgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirilgan.

    Energetika vazirligi mazkur stansiyada 2021-yilda (4 oyda) 49,5 million kVt/soat, 2022-yilda 263,3 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarganini maʼlum qildi.

    Nurobodda qurilgan navbatdagi stansiya

    2022-yil may oyida Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 megavattga teng bo‘lgan yana bir yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Stansiya yiliga 260 million kVt/soat elektr energiya ishlab chiqarib, 80 mingdan ortiq xonadonni elektr energiyasi bilan taʼminlash quvvatiga ega.

    Foto: Energetika vazirligi

    Stansiya ishga tushirilishi natijasida yiliga 78 million kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va buncha hajm bilan respublikadagi mavjud barcha aholi xonadonlarini o‘n kun davomida tabiiy gaz bilan taʼminlash mumkin. Qolaversa, atmosferaga 100 ming tonna zararli chiqindilar chiqishining oldi olinadi.

    Ahamiyatlisi, qurilish davomida 400 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritgan bo‘lsa, loyiha ishga tushishi natijasida 25 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

    Energetika vazirligi axborotiga ko‘ra, umumiy qiymati 100 million dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 13-maydagi PQ-4712-son qaroriga muvofiq, Fransiyaning Total Eren kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

    Hisob-kitoblarga qaraganda, 2022-yilda Karmana va Nurobodda ishga tushirilgan quyosh elektr stansiyalarida 434 million/kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Natijada 127 million kub metr gaz tejalishiga erishilib, 173 ming tonna atmosferaga zararli gazlar chiqishining oldi olingan.

    Eng muhimi, buncha hajmdagi elektr energiyasi qariyb 145 mingta xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi. Mazkur ikkala stansiyada 2023-yilda 270 million kVt/soatdan (540 million kVt/soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

    Yangi stansiyalar ishga tushirilishi davom etadi

    Yashil energetikani rivojlantirish insonlarni nafaqat energiya bilan taʼminlashda, balki ekologiyani asrashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shu bois O‘zbekistonda mazkur sohani qo‘llab-quvvatlash doimgidan-da dolzarb. Umuman olganda, kelgusidagi rejalar bilan tanishganda ham bu yo‘nalish hukumat eʼtiboridagi masala ekani ko‘zga tashlanadi.

    Masalan, 2026-yilga borib respublikada quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 8 ming MVtga yetkazilishi va buning natijasida yiliga qariyb 3 milliard kub metr tabiiy gazni tejash imkoni yaratilishi rejalashtirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Xususan, 2023-yilda Navoiy, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami quvvati 1 ming 100 MVt bo‘lgan 4 ta, 2023—2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

    Foto: “Daryo”

    Mutaxassislar hisob-kitoblariga qaraganda, O‘zbekistonda quyosh stansiyalarini qurish orqali jami 600 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Bu respublikaning hozirda energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojidan 8 barobar ko‘p degani.

    2030-yilga borib mamlakatda quyosh elektr stansiyalari quvvatini kamida 5 ming, shamol elektr stansiyalarini 3 ming megavattga yetkazish reja qilingan. Shuningdek, elektr energiyasi ishlab chiqarish tarkibida qayta tiklanuvchi manbalar ulushi 30 foizdan ortishi ko‘zda tutilmoqda.

    Yuqoridagi rejalar va loyihalar amalga oshsa, soni tobora o‘sib borayotgan aholi va tadbirkorlik subyektlarini to‘laqonli elektr energiyasi bilan taʼminlash imkoni paydo bo‘ladi. Tejalgan tabiiy gaz ham isteʼmolga yoki eksportga yo‘naltiriladi.

    Islombek Umaraliyev 

    02.02.2023, 14:25   Izoh (0)   8489
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi 

    02.02.2023, 13:58

    Urgut yetakchi: O‘zbekistondagi aholisi eng ko‘p tumanlar ma’lum qilindi

    02.02.2023, 13:25

    Qo‘shni davlatlardagi talabalarning barchasi hech qanday imtihonlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishi mumkinligi haqidagi xabarlar rad etildi 

    02.02.2023, 12:44

    “Oʻzbekneftgaz”: Isteʼmolchilarga Ai-80 rusumidagi avtobenzinni yetkazib berish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda

    02.02.2023, 12:30

    “Vodiyda toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 2023-yil kamida 2,5 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha yetarli zaxira bor” — Shavkat Mirziyoyev 

    02.02.2023, 11:57

    “Paxta maydonlarini nasosda sugʻorishda elektr xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi” — prezident 

    02.02.2023, 11:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.