• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Foto: Dunyodagi eng badavlat erkaklarning rafiqalari qanday ko‘rinishga ega?

    Stereotiplardan farqli o‘laroq, milliarderlarning turmush o‘rtoqlari ham to‘la-to‘kis hayot kechirmaydi va kameralar oldida yarqirab nur sochmaydi. Ammo sayyoradagi eng boy odamga turmushga chiqqan ayollarni kuzatish hamma uchun qiziq.

    Marie Claire nashri taniqli biznesmenlarning umr yo‘ldoshlari qanday ko‘rinishga ega ekani va ular muvaffaqiyatli nikohdan tashqari yana nima bilan tanilgani haqida ma’lumot beradi. 

    Astrid Menks

    Astrid va Uorren Oq uydagi ziyofatda, 2012-yil 14-mart

    Astrid va Uorren Oq uydagi ziyofatda, 2012-yil 14-mart

    Turmush o‘rtog‘i: Uorren Baffet, investor

    Boyligi: 100,3 milliard dollar (2021, Forbes)

    90 yoshli Uorren Baffet yoshligidanoq invesitsiya bilan shug‘ullanadi. U o‘z biznesini 11 yoshida, birinchi marta o‘zini birjada sinab ko‘rganida ochgan. Ammo uning sevgi qissasi karyerasidan ko‘ra ko‘proq og‘izga tushgan. U o‘zining birinchi rafiqasi Syuzan bilan 1952-yilda oila qurdi, lekin xotini San-Fransiskoda shou-biznesdagi karyerasi tufayli 70-yillardan beri u bilan yashamaydi.

    Astrid Allen & Co yillik konferensiyasida, 2014-yil 12-iyul

    Astrid Allen & Co yillik konferensiyasida, 2014-yil 12-iyul

    Aytishlaricha, aynan Syuzan erini Astrid Menks bilan tanishtirgan va ikkalasini birga yashashiga ruxsat bergan. Ammo Uorren birinchi xotini vafot etguniga qadar u bilan ajrashmagan, shu bilan birga uchalasi ham samimiy munosabatlarni saqlab qolishgan. Investor Astridga 2006-yildagina uylangan: Astrid o‘sha paytda 60 yoshda edi. Hozirda u eri bilan faqat tadbirlarda ko‘rinish beradi va ko‘p vaqtini xayriya ishlariga sarflaydi.

    Elen Mersye

    Bernard Arno rafiqasi Elen Mersye bilan Dior Homme erkaklar kiyimlarining 2018—2019-yilgi kuz-qish ko‘rgazmasida

    Bernard Arno rafiqasi Elen Mersye bilan Dior Homme erkaklar kiyimlarining 2018—2019-yilgi kuz-qish ko‘rgazmasida

    Turmush o‘rtog‘i: Bernard Arno, LVMH Moët Hennessy Louis Vuitton bosh direktori

    Boyligi: 156,5 milliard dollar (2021, Forbes)

    Yevropaning eng boy odami yuragini pianinochi Elen Mersye egallagan, uning aytishicha, turmush qurganidan keyin ham musiqiy karyerasini to‘xtatmagan va hanuzgacha yiliga 20 ta konsert beradi. Bernard uchun bu ikkinchi nikoh: 1990-yilgacha u Anna Devavren bilan turmush qurgan, ayolining oilaviy rishtalari biznesmenga shunday kuchli konglomerat qurishda katta yordam bergan. Biroq ikkinchi xotini Elen erining biznesida deyarli qatnashmaydi.

    LVxKOONS ko‘rgazmasida eri bilan, 2017-yil 11-aprel

    LVxKOONS ko‘rgazmasida eri bilan, 2017-yil 11-aprel

    Mersye-Arno xonimning o‘zi ham Bernardning pianino chalayotganini eshitib, uni sevib qolganini tan oladi. Qaysidir ma’noda tarix takrorlangan: milliarderning otasi biznesmen, onasi esa pianinoda ijro etilgan musiqani juda yaxshi ko‘rgan.

    Prisstilla Chan

    Mark Sukerberg va rafiqasi Prisstilla Chan, 2018-yil, 4-noyabr, Brathrough Science Awards taqdirlash marosimida

    Mark Sukerberg va rafiqasi Prisstilla Chan, 2018-yil, 4-noyabr, Brathrough Science Awards taqdirlash marosimida

    Turmush o‘rtog‘i: Mark Sukerberg, Facebook bosh direktori

    Boyligi: 94 milliard dollar (2021, Forbes)

    Prisstilla Chan hali ham o‘ziga nisbatan ochiqchasiga dushmanlik va tashqi ko‘rinishi tufayli kamsitilish holatlariga duch keladi, lekin u allaqachon o‘zi uchun asosiy prioritetlarni belgilab olgan va nafratlanuvchilarga javob qaytarish bu ro‘yxatga kiritilmagan. Aksincha, Mark Sukerbergning rafiqasi ko‘plab yaxshi ishlarga sababchi bo‘lgan: masalan, uning ta’siri ostida Facebook asoschisi xayriya ishlariga katta e’tibor bera boshlagan.

    Prisstilla va uning eri Oq uydagi ziyofatda, 2015-yil 25-sentabr

    Prisstilla va uning eri Oq uydagi ziyofatda, 2015-yil 25-sentabr

    Prisstilla bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Garvardda tanishgan. Qizning o‘zi biologiya fakultetida o‘qigan, ammo uning aytishicha, Mark singari, u ham dasturlash haqida uncha-muncha narsa bilgan. Aslida bu talabalar kechasida yoshlarni birlashtirgan kodlar haqidagi o‘ziga xos hazil edi. Ajablanarli darajada iste’dodli qiz Chan xonim sevgilisining mashhur loyihasiga to‘laligicha ishondi. Hatto ularning nikoh to‘yi Facebook birjaga chiqqanining ertasiga bo‘lib o‘tgani ham bejiz emas. Hozirda juftlik ikki farzandni tarbiyalab, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bilan shug‘ullanmoqda.

    Liz Koh

    Charlz Koh rafiqasi Liz bilan Laver Cup Gala’da, 20-sentabr, 2018-yil

    Charlz Koh rafiqasi Liz bilan Laver Cup Gala’da, 20-sentabr, 2018-yil

    Turmush o‘rtog‘i: Charlz Koh Koch Industries bosh direktori

    Boyligi: 46,4 milliard dollar (2021, Forbes)

    Badavlat insonlar ro‘yxatining doimiy ishtirokchisi bo‘lgan Charlz Koh neftni qayta ishlashdan tortib investitsiyalargacha bo‘lgan turli sohalarni qamrab oluvchi yirik Koh Industries korporatsiyasiga egalik qiladi (aniqrog‘i, hamasoschisi). Biznes Charlzga otasidan meros bo‘lib qolgan.

    U rafiqasi Liz bilan turmush qurganiga 45 yildan oshgan. Turmush o‘rtoqlar kamdan kam hollarda shaxsiy hayotlari haqida intervyu beradi, lekin agar bu haqda gapirishsa, ular har doim munosabatlarida oilaviy iliqlikni ta’kidlashadi. “Men unga hazil qilishim mumkin, lekin men uni butun qalbim bilan sevishimni va uni doimo himoya qilishimni biladi”,— deb tan oladi Liz.

     Dayana Teylor

    Maykl Blumberg va uning rafiqasi Dayana Teylor Nyu-York zamonaviy san’at muzeyidagi ziyofatda, 31-may, 2018-yil

    Maykl Blumberg va uning rafiqasi Dayana Teylor Nyu-York zamonaviy san’at muzeyidagi ziyofatda, 31-may, 2018-yil

    Sherigi: Maykl Blumberg, Bloomberg asoschisi, Nyu-Yorkning sobiq meri

    Boyligi: 54,9 milliard dollar (2021, Forbes)

    Rasmiy jihatdan, Maykl va Dayana oila qurmagan, ammo 2000-yildan beri ular birga yashashadi. Dunyoga mashhur Bloomberg moliya agentligi asoschisi Nyu-Yorkning 103-meri etib saylanganida, uning sevgilisi Dayana Teylor avtomatik tarzda shaharning birinchi xonimi deb hisoblandi. Bir so‘z bilan aytganda, u Mayklning rafiqasi bo‘lmasa ham, aslida u uning yagona hamrohi hisoblanadi.

    Juftlik Met-Gala’da, 2018-yil 7-may

    Juftlik Met-Gala’da, 2018-yil 7-may

    Juftlikning ikkisi ham turmush qurishni xohlamaydi: aftidan, ularning oldingi nikohlari hayotlarida muhim rol o‘ynagan. Shunga qaramay, Maykl va Dayana hozirgacha birga: ikkalasi ham biznes va siyosatda yetakchi (Teylor Nyu-York bank bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan), shuningdek, xayriya ishlariga katta e’tibor berishadi.

     Lyusinda Sausvort

    Larri Peyj va rafiqasi Lyusinda 2016-yil 4-dekabr, Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida

    Larri Peyj va rafiqasi Lyusinda 2016-yil 4-dekabr, Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida

    Turmush o‘rtog‘i: Larri Peyj, Google asoschisi

    Boyligi: 67,5 milliard dollar (2021, Forbes)

    Larri Peyjning rafiqasi o‘zi haqida hech narsa aytmay ko‘pchilikni qiziqtiradigan ajoyib iste’dodga ega. U 2007-yilda Google asoschilaridan biri bilan tanishganidan bir yil o‘tib turmushga chiqqanidagina ommaga tanildi. Darvoqe, to‘y o‘zgacha shov-shuv bilan o‘tgan: yoshlar to‘yga 600 ga yaqin mehmon taklif qilishgan, tantana o‘tkazish joyi sifatida Richard Brensonga tegishli Neker oroli tanlangan.

    Juftlik Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida, 2013-yil 12-dekabr

    Juftlik Breakthrough Science Awards taqdirlash marosimida, 2013-yil 12-dekabr

    Larrining umr yo‘ldoshi juda ziyoli oiladan chiqqan va qizning o‘zi ham ajoyib akademik muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi. Ilmiy ishining asosiy yo‘nalishi biologik tahlil va tadqiqotlardir. Karyeralaridagi yutuqlarga qaramay, turmush o‘rtoqlar o‘z oilalariga vaqt ajratishni unutmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Garajda boshlangan biznesdan dunyoni o‘zgartirgan texnologiyalargacha: Stiv Jobsning muvaffaqiyat yo‘li
    • Har doim mukammal ko‘rinadigan arab malikalaridan go‘zallik sirlari

    18.01.2023, 16:46   Izoh (0)   24483
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    25 yildan so‘ng: “Taksi” filmining aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    18.01.2023, 10:42

    Instagram: Xotirasi to‘liq tiklanmayotgan Zohid Risqiyev, Parizodaga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis, yangi uy xarid qilgan Xoliqjon vayner

    17.01.2023, 22:48

    “Sevinch”, “Vatan” va “Maktub”: Bobur Yo‘ldoshev ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    17.01.2023, 20:47

    Shohruh Xon bilan debyut qilgan, mashhur kriketchining rafiqasi: Bollivud yulduzi Anushka Sharma haqida qiziqarli ma’lumotlar

    17.01.2023, 17:48

    Ketma-ket yaqin insonlaridan judo bo‘lgan va kam uchraydigan kasallikka chalingan xonanda — Selin Dionning yanada kuchli bo‘lishiga yordam bergan taqdir sinovlari

    17.01.2023, 15:46

    “Oltin globus—2023” taqdimot marosimidagi yulduzlarning eng yorqin obrazlari (foto)

    16.01.2023, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.