Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 17-yanvar kuni videokonferensiya orqali iqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlaridagi anomal sovuqni izohladi. Bu haqda “Kremlin.ru” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yig‘ilishda Putin Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning moliyaviy natijalarini ta’minlashni so‘radi. U hamma narsani chet elga tashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qayd etdi. Rossiya prezidenti mamlakatga zaxiralar kerakligini ta’kidladi.

“Qishloq xo‘jaligining 2023-yildagi natijasini bilmaymiz. Qarang, hozir nima bo‘lyapti: Yevropada havo iliq, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefonda gaplashdim. U yerda harorat -25 daraja sovuq. Turkmanistonda! O‘zbekistonda -23. Rossiyada vaziyat qanday bo‘lishini aniq ayta olmaymiz. Shunday ekan, bizga barqaror zaxiralar kerak. Uni saqlab qolish kerak”, — dedi Rossiya rahbari.

Markaziy Osiyo davlatlarida anomal sovuq kuzatilmoqda, Afg‘onistonda havo haroratining sovishi ortidan sakkiz mingga yaqin jonivor nobud bo‘lgan. Ular orasida sigir, tuya, qo‘y va otlar ham bor. Respublikada anomal sovuqdan hozirgacha 43 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor.

Izoh

•• GENERAL ••

18 yanvar, 01:24

Putinga ishonch yoʻq xozir. U uchun zaxiralari bor davlat kerak. Shuni uchun shunday qadam tashlamoqda. Gaz bilan bizni aldamoqchi. Bizga gaz keragi yoʻq OʻZBEKISTON mustaqil hammasini oʻzimiz hal qilamiz. Toʻgʻri kimlardir pullarni yeb yuboryapti. Lekin, oʻsha odam ham Oʻzbekistondaku. Pullar tashqariga chiqib ketmasa boʻldi. Prezidentimizni biz qoʻllab quvvatlaymiz. Gaz, toʻk boʻlmasa ham erkinlikka nima yetsin. Harakat qilsak Hammasi zoʻr boʻladi )))

Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi