Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext kansler Olaf Sholsni o‘z lavozimini tark etmoqchiligi haqida xabardor qildi. Bu haqda DPA va Der Spiegel nashrlari yozmoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Lambrext o‘z arizasida ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda ommaviy axborot vositalarining e’tibori uning shaxsiyatiga qaratilayotgani armiya ehtiyojlari va fuqarolar manfaati yo‘lidagi muhokamalarga soya solgan.

Keyinroq Shols vazirning iste’fosini qabul qilgani haqida xabar berildi.

Oldinroq nemis OAVlari Lambrextning iste’fosi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Vazir ushbu lavozim uchun tajribasi yetishmasligi, Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Germaniya armiyasi uchun xaridlarning kechikishi, shuningdek, matbuotdagi janjallar tufayli bir necha bor tanqid qilingan.

Kristina Lambrextning iste’fosi Germaniya hukumati Ukrainaga Leopard og‘ir tanklarini yetkazib berishga qaror qilishi kutilayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Bloomberg xabar berishicha, bunday qaror shu haftadayoq qabul qilinishi mumkin, ammo bu boshqa mamlakatlarning tanklarni Kiyevga o‘tkazishi uchun ruxsat berishni nazarda tutadimi yoki yetkazib berish bilan Berlinning o‘zi shug‘ullanadimi, hozircha noma’lum.

11-yanvar kuni Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga Leopard tanklari rotasini va’da qilgandi. Ular nemis muhandislik kompaniyasi KMW tomonidan ishlab chiqariladi, shuning sababli qurollarni Kiyevga topshirish uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi.

20-yanvar kuni Amerikaning Ramshtayn aviabazasida G‘arb davlatlari mudofaa vazirlari vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan, unda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilinadi. Uchrashuv oldidan Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Berlinga tashrifi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?