Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Germaniya mudofaa vaziri Kristina Lambrext kansler Olaf Sholsni o‘z lavozimini tark etmoqchiligi haqida xabardor qildi. Bu haqda DPA va Der Spiegel nashrlari yozmoqda.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Lambrext o‘z arizasida ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda ommaviy axborot vositalarining e’tibori uning shaxsiyatiga qaratilayotgani armiya ehtiyojlari va fuqarolar manfaati yo‘lidagi muhokamalarga soya solgan.

Keyinroq Shols vazirning iste’fosini qabul qilgani haqida xabar berildi.

Oldinroq nemis OAVlari Lambrextning iste’fosi kutilayotgani haqida xabar bergandi. Vazir ushbu lavozim uchun tajribasi yetishmasligi, Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Germaniya armiyasi uchun xaridlarning kechikishi, shuningdek, matbuotdagi janjallar tufayli bir necha bor tanqid qilingan.

Kristina Lambrextning iste’fosi Germaniya hukumati Ukrainaga Leopard og‘ir tanklarini yetkazib berishga qaror qilishi kutilayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Bloomberg xabar berishicha, bunday qaror shu haftadayoq qabul qilinishi mumkin, ammo bu boshqa mamlakatlarning tanklarni Kiyevga o‘tkazishi uchun ruxsat berishni nazarda tutadimi yoki yetkazib berish bilan Berlinning o‘zi shug‘ullanadimi, hozircha noma’lum.

11-yanvar kuni Polsha prezidenti Anjey Duda Ukrainaga Leopard tanklari rotasini va’da qilgandi. Ular nemis muhandislik kompaniyasi KMW tomonidan ishlab chiqariladi, shuning sababli qurollarni Kiyevga topshirish uchun Germaniya hukumatining roziligi talab qilinadi.

20-yanvar kuni Amerikaning Ramshtayn aviabazasida G‘arb davlatlari mudofaa vazirlari vakillarining uchrashuvi rejalashtirilgan, unda Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish masalasi muhokama qilinadi. Uchrashuv oldidan Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Berlinga tashrifi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Ajoyib sujet va yuqori reytingga ega bo‘lsa ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan 2022-yilda chiqqan ajoyib multfilmlar
Mahalliy
Kechikkan sovg‘a: Jizzax viloyati hokimligi 28-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga atab 465 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi