Samarqand shahridagi Family Park savdo markazida 10-yanvar kuni “Agrobank”ning xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha aksiyasining rasmiy yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
“Agrobank” boshqaruv raisi o‘rinbosari – Vohid Ochilov tomonidan g‘olibga maxsus aksiyaning asosiy sovrini — Volkswagen E-bora elektromobili topshirildi. “Agrobank”dan “Maxsus aksiya” g‘olibi namanganlik — Dadaxonov Shokir bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan olti oy avval “Agrobank” xorijdan onlayn pul o‘tkazmalari xizmatlari foydalanuvchilari uchun maxsus aksiyani e’lon qilgan edi. Bu davrda 35 ta iPhone 13 smartfoni va Chevrolet Nexia-3 avtomobili g‘oliblari aniqlandi.
Aksiya ishtirokchilari “Agrobank” plastik kartalariga har oyda kamida 2 000 000 so‘m (o‘rtacha 200 AQSH dollari) miqdorida onlayn pul o‘tkazmalarini amalga oshirdilar. Aksiya yakuniga ko‘ra, 10-iyundan 25-dekabrgacha 1 400 000 nafar mijoz ishtirok etdi.
Pul o‘tkazmalari asosan Rossiya, Koreya, Turkiya va boshqa davlatlardan amalga oshirildi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)