Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan Toshkent tibbiyot instituti (“eski ToshMI”) binosida elektr energiyasidan uzilish bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Unda keltirlishicha, 18-dekabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi  quvvati 110/35/10/6 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli “Vodil” podstansiyasidan ta’minlanuvchi yer ostdan o‘tgan kabel tarmog‘i uzib yuborilishi natijasida avariya holatida ta’minotda o‘chishlar kuzatildi.

Toshkent tibbiyot instituti (“Eski ToshMI”) binosi hududida ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish maqsadida “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan yer qazish ishlarini olib borish vaqtida ehtiyotsizlik natijasida elektr tarmoqlari shikastlanishi oqibatida avariya holati yuzaga kelgan.

Shu vaqtning o‘zidayoq ushbu holat bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining Yashnobod tuman elektr ta’minoti korxonasi yuqori kuchlanishdagi avariya holatlarini barataraf etish maxsus tezkor ishchi-brigada xodimlari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tezkor ta’mirlash ishlari olib borilib, shu kunning o‘zida bino elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)