Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon Chempionatining eng yaxshilari aniqlandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Mesi loyiq ko‘rildi. Messi turnir davomida 7 ta gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchi sifatida Enso Fernandes (Argentina) e’tirof etildi. Enso mundialda eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga loyiq ko‘rilgan janubiy amerikalik ilk futbolchi bo‘ldi.

Argentina posboni Emiliano Martines musobaqaning eng yaxshi posboniga topshiriladigan “oltin qo‘lqop”ga ega chiqdi.

Eng yaxshi to‘purar Kilian Mbappe (Fransiya) esa “Oltin butsi”ni qabul qilib oldi. U musobaqa davomida 8 ta gol urdi.

Qayd etish kerak, Jahon Chempionati tarixida ilk bor musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi yosh o‘yinchi va eng yaxshi darvozaboni nominatsiyalarida bitta jamoa vakillari g‘olib bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi