Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning Lion shahri sharqiy chekkasida joylashgan Vols-an-Veleyn kommunasida yong‘in sodir chiqib, o‘n kishi, jumladan, besh nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Fransiya rasmiylariga tayanib “France.info” xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalar 3—15 yosh orasida edi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 14 kishi, jumladan ikkita o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan. To‘rt nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Yong‘in Toshkent vaqti bilan ertalabki 7:00 atrofida yetti qavatli turar joy binosida boshlangan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.

Shuningdek, bugun, 16-noyabr kuni Turkiyada yonidan politsiya mashinasi o‘tayotgan avtomobil portlab ketgani, oqibatda politsiya mashinasi ag‘darilib, 8 nafar politsiyachi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi Nanay tumanida esa shaharlararo qatnovchi avtobus ag‘darilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi