Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH kongressmenlari demokrat Stiven Koen va respublikachi Jo Uilson Kongressning Vakillar palatasiga AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zoligidan chiqarib tashlashga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Foreign Policy tegishli hujjatga tayanib xabar berdi.

Foto: Anadolu

Foto: Anadolu

Rezolyutsiya matnida qayd etilishicha, Rossiya Ukrainadagi xatti-harakatlari bilan BMT Nizomini buzdi, bu esa uning Xavfsizlik Kengashidagi o‘rinni egallash huquqini shubha ostiga qo‘yadi.

Nashrning qayd etishicha, rezolyutsiya majburlash kuchiga ega emas va Oq uy uchun faqat tavsiya hisoblanadi.

Avvalroq AQSH ma’muriyati G‘arbning Ukrainadagi urush bilan bog‘liq chaqiriqlariga qaramay, Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari ro‘yxatidan chiqarib tashlashning iloji yo‘qligini bir necha bor tan olgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28-iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqida Rossiyani kengashdan chiqarib yuborish, shuningdek, uni “terrorchi davlat” deb tan olishga chaqirgandi. Unga javoban BMT Bosh assambleyasi prezidentining rasmiy vakili Polina Kubiak bunday qarorni qabul qilish mumkin emasligi, chunki Rossiya kengashda veto huquqiga ega ekanini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Professional asarlardan tortib oddiy qoʻl telefonida olingan suratlargacha — fotorassomlarning hisobot koʻrgazmasiga fototashrif
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Dunyo
Daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi