“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Alexandro Garnacho faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Relevo nashrining xabar qilishicha, “Real” 2020-yilga qadar “Atletiko” akademiyasida tarbiya topgan 18 yoshli futbolchini kuzatib bormoqda.
Argentinalik futbolchining Manchester jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. Uni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor. Biroq “Manchester Yunayted” Garnacho bilan imkon boricha tezroq bitimni uzaytirishni istamoqda.
“Real” esa yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilgunga qadar Alexandroni o‘ziga og‘dirish istagida. Qayd etilishicha, vingerning o‘ziga “Real” varianti yoqmoqda.
Futbolchi joriy mavsum APLda uchta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga erishdi.
Izoh (0)