Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Coopdead jamoatchilik tashkiloti ukrainaliklarga elektr uzilishlariga qarshi kurashda yordam berish uchun kelasi oygacha Fransiyadan Ukrainaga quyosh batareyalarining 100 ta to‘plamini yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda France Bleu xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

“To‘plam telefonlar, kompyuterlar, printerlarning ishlashi yoki internetga kirish uchun zarur quyosh panellaridan iborat plastik quti ko‘rinishida yuboriladi”, — dedi tashkilot prezidenti Antonin Aqvarone. Tashkilot batareyalarning birinchi partiyasi maktablar va shifoxonalarga topshirilishini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, ayni damda tashkilot mablag‘ izlamoqda — bunday to‘plamlarning har biri 3500 yevro turadi.

8-dekabr kuni Ukrainaga Fransiyadan 100 ta generator yetib kelgan. Generatorlar Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi (UCPM) loyihasi doirasida sotib olingan.

7-dekabr kuni “Kiyev elektr tarmoqlari” kompaniyasi yana Ukraina poytaxtida elektr energiyasining favqulodda uzilishlari haqida xabar berdi. “Rossiyaning muhim infratuzilma obyektlariga navbatdagi ommaviy hujumi tufayli hozirda elektrni favqulodda o‘chirishlar qo‘llanmoqda”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi