Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbarining “Daryo” so‘roviga asosan ma’lum qilishicha, 24-noyabr kuni soat 08:30 larda Buvayda tumani prokuraturasiga er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, mazkur isitish moslamasi yoqilgan holda bo‘lgan. Uning dudburoni nostandart holatda tashqariga chiqarilgani natijasida gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz holatda xona ichkarisiga tarqalishiga sababchi bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, 23 yoshli A.A. va uning 17 yoshli ayoli U.N.ning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi