Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning avgust oyidan boshlab Pokiston halokatli darajaga yetgan suv toshqinlari oqibatida mahalliy ekinlarning nobud bo‘lishi sababli O‘zbekistondan piyoz import qila boshladi. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Agar avgust va sentabr oylarida O‘zbekistondan Pokistonga piyoz yetkazib berishning oylik hajmi uch ming tonnadan oshmagan bo‘lsa, oktabr oyida bu ko‘rsatkich avvalgi ikki oyga nisbatan bir necha barobar oshdi.

2022-yil noyabr oyida Pokiston ham o‘zbek piyozining asosiy xaridori bo‘lib qoldi. Dastlabki rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil noyabr oyida O‘zbekiston 10,4 ming tonna yangi piyoz eksport qilgan va bu hajmning 96 foizi Pokistonga to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, 2022-yilning avgustidan noyabrigacha Pokistonning o‘zbek piyozining umumiy eksportidagi ulushi oydan oyga oshdi: avgustda — 70 foiz, sentabrda — 79 foiz, oktabrda — 87 foiz, noyabrda esa — 96 foiz.

2022-yil oktabr oyida O‘zbekistondan Iroqqa piyoz eksporti hajmi 560 tonnani (umumiy eksportning 5 foizini), noyabrda esa 140 tonnaga yaqinni (1 foiz) tashkil etdi.

Bundan tashqari, 2022-yil noyabr oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga salkam 200 tonna piyoz jo‘natdi, bu joriy oydagi umumiy eksport hajmining 2 foizini tashkil etadi.

2022-yil noyabr oyida O‘zbekistondan piyoz eksporti geografiyasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu mahsulotlarning 99 foizi uch davlat — Pokiston, Iroq va Afg‘onistonga jo‘natilgan. Qolgan 100 tonnaga yaqini Qozog‘iston (89 tonna) va Qirg‘izistonga (11 tonna) to‘g‘ri keldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?