Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Baxt — nisbiy tushuncha, atrofdagilarning ko‘ziga baxtli bo‘lib ko‘rinadigan insonlarning ham qandaydir armonlari bo‘lishi tabiiy hol. O‘zbek san’atiga munosib hissa qo‘shgan va bugungi kunda samarali ijod qilayotgan san’at vakillari orasida ham farzandli bo‘lishni orzu qiladiganlar bisyor.

Lutfixonim Sarimsoqova

Foto: “Kino-teatr.ru”

Foto: “Kino-teatr.ru”

O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqovani san’at vakillari “ayajon” deya xotirlashadi. Aktrisa “Sen yetim emassan” filmidagi Fotima rolidan keyin  tomoshabinlar tasavvurida ham ona timsolida tasvirlanib qolgan. Afsuski, aktrisaga hayotda ona bo‘lish nasib etmagan.U 14 yoshida Tojizoda ismli yigitga turmushga chiqqan. Oila vakillari uni iliq qabul qilishgan, ammo san’atga oshufta ekanligini bilgach, unga bo‘lgan munosabatlar o‘zgargan.

Turmush o‘rtog‘i uning yashirincha qo‘shiq kuylayotganini eshitib qoladi va bunga qarshilik ko‘rsatadi. Bir marta qo‘shiq kuylagani uchun turmush o‘rtog‘i tomonidan jiddiy jazolanadi va Lutfixonim Sarimsoqovaning akasi kelib, singlisini uyiga olib ketadi.

Lutfixonim Sarimsoqova ijodda katta muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayotida baxtga erishmadi. U yoshi ancha ulg‘ayganidan so‘ng mehribonlik uyidan rus qizini asrab oladi. Unga Hujum deb ism qo‘yadi va o‘zbekona urf-odatlar asosida tarbiyalaydi.

Mutavakkil Burhonov

Foto: “Zamin.uz”

Foto: “Zamin.uz”

O‘zbekiston madhiyasi musiqasi muallifi, taniqli kompozitor Mutavakkil Burhonov faoliyati davomida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa-da, shaxsiy hayotida baxt topmagan ijodkor hisoblanadi. Ijodkor umri davomida biror marta oila qurmagan. U umri mobaynida kamtarona hayot kechirib, bor e’tiborini ijodga qaratgan.

Shafoat Rahmatullayeva

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Ramatullayevaga ham farzandli bo‘lish nasib etmagan. U Sirdaryodagi teatrdagi hamkasbi bilan oila qurgan. Aktrisa sakkiz yillik turmushidan so‘ng ajrashishga qaror qilgan. Balki bu farzandli bo‘lmagani bilan bog‘liqdir. Ajrimdan so‘ng aktrisa oila qurmagan va bor e’tiborini ijodiga qaratgan. U hozir ham teatrda faoliyat yuritadi.

Kumush Razzoqova

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Afsuski, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kumush Razzoqovaga ham farzandli bo‘lish nasib etmagan. U taniqli bastakor Vladimir Baramikov bilan oila qurgan va 20 yillik turmushi davomida baxtli hayot kechirgan. Taqdir taqozosi bilan bu juftlik farzand ko‘rmagan.

Zuhra Soliyeva

Foto: Instagram / @zuhra_salieva

Foto: Instagram / @zuhra_salieva

2022-yilda 50 yoshni qarshilagan aktrisa Zuhra Soliyeva ham shaxsiy hayotidan baxt topmagan. U juda kech oila qurgan, ammo turmushi davomida farzandli bo‘lolmagan.

Farzandsizlikdan so‘ng u turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Ammo oilaning ajrashuviga faqat befarzandlik sabab deb bo‘lmaydi. Chunki aktrisa turmushi davomida zo‘ravonlikka uchragani va sobiq eri undan moliyaviy maqsadda foydalangani haqida so‘zlab bergandi.

Samardar Hamroqulov

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Samandar Hamroqulov 2007-yilning 10-avgust sanasida Dilnoza ismli qiz bilan oila qurgan. Hozircha ular farzand ko‘rgani yo‘q. Ammo xonanda intervyularida farzand ko‘rish umidini uzmasligi va ayoli bilan baxtli yashayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Bonu

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Qora tun” va “Afsona” qo‘shiqlari bilan tanilgan xonanda Bonu ham hozircha farzandli bo‘lgani yo‘q. U intervyularining birida homilasi nobud bo‘lgach tushkunlikka tushib qolgani va qachonlardir Yaratgan unga ham farzand berishidan umidvor ekanligi haqida aytib o‘tgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi