Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Rossiyadagi nishonlarga zarbalar berish borasida Ukrainani rag‘batlantirmaydi va unga bunday imkoniyatlarni taqdim etmaydi. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiyadagi harbiy aerodromlarga hujumlar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan izoh berayotib aytib o‘tdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Biz ukrainaliklarni Rossiya ichkarisiga zarbalar berishga rag‘batlantirmaganmiz va ualrga buning uchun imkoniyatlarni taqdim etmaganmiz. Lekin ukrainaliklar Rossiyaning o‘z mamlakatlariga qarshi davom etayotgan tajovuzi sharoitida har kuni nimalarni boshidan kechirayotganini anglash muhimdir. Biz butun dunyo bo‘ylab sheriklarimiz bilan birga ukrainaliklarni o‘z-o‘zini himoya qilish, o‘z hududlari va o‘z ozodligini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsa bilan ta’minlashga qat’iyan tayyormiz”, — dedi u.

Jo Bayden ma’muriyati Kiyevga uzoq masofali qurol-yarog‘ yetkazishdan bosh tortmoqda, biroq, Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qilishicha, AQSH Ukrainaning bunday zarba salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z sa’y-harakatlariga xalal bermaydi.

Rasman esa Davlat departamenti Rossiya harbiy aerodromlariga dronlar hujumi uchun kim javobgar ekani haqida ma’lumotga ega emasligini aytmoqda.

Avvalroq The New York Times ukrainalik yuqori mansabli amaldorga tayanib 5-dekabr kuni Rossiyaning Saratov va Ryazan viloyatlarida aerodromlarga hujum qilgan dronlar Ukraina hududidan uchirilgani haqida xabar bergandi.

Ukrainalik mansabdorlardan biri The Washington Post’ga ma’lum qilishicha, 6-dekabr kuni Kursk viloyatidagi aerodromga Ukraina droni yordamida yana bitta, uchinchi hujum ham uyushtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg