Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 5-dekabr kuni berilgan raketa zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda urushning 285-kuni yakunlari bo‘yicha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning murojaatida aytiladi.

“Bugungi kun haqida hisobot beraman. Asosiy natija — 70 ta Rossiya raketasi uchirildi, ko‘pchiligi urib tushirildi. ‘Kalibrlar’, X-101 va hokazo. “Sharq”, “Janub” va “Markaz” havo qo‘mondonliklarimiz jangchilari sharofati bilan. Barakalla! Sheriklarimizga ham rahmat — biz hozir ishlatayotgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun. Rossiyaning har bitta urib tushirilgan raketasi — terrorni yengish mumkinligini isbotlovchi dalildir. Ammo, afsuski, hozircha osmonimizning to‘liq xavfsizliginini ta’minlay olmaymiz — bir nechta nishonlarga borib urilgan. Afsuski, qurbonlar bor”, — dedi Zelenskiy.

Rossiyaning Ukrainadagi ko‘plab hududlarda energetika infratuzilmasiga bergan raketa zarbalaridan keyin elektr energiyasini avariyaviy o‘chirib qo‘yishni boshlashga to‘g‘ri keldi, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, 5-dekabr kuni kechqurun Vinnitsa, Kiyev, Jitomir, Dnepropetrovsk, Odessa, Xmelnitsa va Cherkassi viloyatlarida eng ko‘p o‘chishlar kuzatilgan. Shuningdek, qo‘shni Moldovada ham elektr bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilgan.

Oktabr boshidan buyon Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududiga ommaviy raketa zarbalari berib, harbiy va muhim infratuzilma obyektlariga hujum qilmoqda. Natijada Ukrainadagi yirik issiqlik va gidro elektr stansiyalarining barchasiga zarar yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov