Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya qiroli Charlz III Luton shahri bo‘ylab sayr qilib yurganida unga noma’lum erkak tuxum uloqtirdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

Ma’lum qilinishicha, qirollik politsiyasi allaqachon monarxga tuxum otgan erkakni qo‘lga olgan. Voqeadan so‘ng qirol xavfsizlik xodimlari tomonidan shahar markazida to‘plangan olomondan uzoqroqqa olib ketilgan. Ko‘p o‘tmay, 74 yoshli monarx jamoatchilik vakillari bilan qo‘l berib ko‘rishishni davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliyaning York shahrida noyabrda Charlz III va uning rafiqasi konsort qirolicha Kamillaga qarata tuxum otilgandi. Hodisa aks etgan videoga qaraganda, qirol va uning rafiqasiga qarata kamida to‘rtta tuxum otilgan. Ularning hech biri Charlz yoki Kamillaga borib tegmagan.

Voqeadan keyin ularning yoniga qo‘riqchi kelgan. Qirol yerga tushgan tuxumlardan birining po‘chog‘ini bosib olishiga sal qolgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar