Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatning Ruminiya va Daniyadagi elchixonalariga ham xavfli posilkalar kelganini ma’lum qildi. Vazirlik Facebook’dagi sahifasida bu bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tashqi ishlar vaziri bunday harakatlar foydasiz ekanini qayd etgan.

“Bizning elchixonalarimizga xavfli posilkalarni jo‘natishning yangi holatlari kuzatilmoqda. Bugun ularning qatoriga Ruminiya va Daniyadagi elchixonalarimiz ham qo‘shildi”, — deydi Kuleba.

Shuningdek, siyosatchi diplomatlarni qo‘rqitishda davom etayotgan har bir kishiga pochta markalariga vaqt va pul sarflamaslikni maslahat bergan. Tashqi ishlar vazirligi spikeri Oleg Nikolenkoning so‘zlariga ko‘ra, jami 21 ta shunday holat qayd etilgan bo‘lib, Ukrainaning 12 ta davlatdagi xorijiy diplomatik vakolatxonalariga tahdidli posilkalar yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kuleba 3-dekabr kuni Ukraina elchilariga haqiqiy yoki qalbaki portlovchi qurilmalar yoki bo‘lmasa, sigir, cho‘chqa ko‘zlari va jonivorlarning boshqa a’zolari solingan 17 ta anonim pochta jo‘natmalari yuborilganini aytgandi.

“Hammasi Ukrainaning Ispaniyadagi elchixonasi yaqinida yuz bergan portlashdan boshlandi. Lekin bu portlashdan keyingi hodisalar yanada g‘ayritabiiyroq va aytish joiz bo‘lsa, nosog‘lomdir”, — degan vazir.

30-noyabr kuni esa Ukrainaning Madriddagi elchixonasi yaqinida portlash yuz bergan, oqibatda diplomatik missiya xodimi yaralangan edi — u Ispaniyadagi Ukraina elchisi nomiga yuborilgan “posilka”ni ochgan, unda esa bomba bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda