Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi Sankt-Peterburg—Toshkent va Sankt-Peterburg—Samarqand yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgan edi. Uzbekistan Airports ushbu qatnovlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburgdan Toshkentga birinchi yo‘lovchi reysi 17-dekabrga belgilangan. Parvozlar Boeing 738 samolyotlarida haftasiga uch marta — chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Sankt-Peterburgdan Samarqandga reyslar ham haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 738 samolyotlarida amalga oshiriladi. Birinchi parvoz 16-dekabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Ammo reys 16-dekabrdan 20-dekabrga ko‘chirildi.

“Aeroflot” — Rossiyaning davlat-xususiy aviakompaniyasidir. Aeroflot guruhiga, shuningdek, “Rossiya” aviakompaniyasi va “Pobeda” loukoster aviakompaniyalari kiradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg