Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning noyabr oyida respublika bo‘yicha 83 197 ta tirik tug‘ilish holati qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 377 taga oshgan. Hududlar kesimida qayd etilgan tug‘ilishlar soni:
- Qoraqalpog‘iston – 4 069 ta;
- Andijon viloyati – 7602 ta;
- Buxoro viloyati – 4 052 ta;
- Jizzax viloyati – 3 485 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 8 847 ta;
- Navoiy viloyati – 2 230 ta;
- Namangan viloyati – 7 489 ta;
- Samarqand viloyati – 9 829 ta;
- Surxondaryo viloyati – 7 658 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 962 ta;
- Toshkent viloyati – 6 182 ta;
- Farg‘ona viloyati – 9 154 ta;
- Xorazm viloyati – 4 614 ta;
- Toshkent shahri – 6 024 ta.
Izoh (0)