• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Shogirdlar Bobomurod Hamdamovning haqqini berishmayapti” — Xalq artisti qo‘shig‘ini ruxsatsiz ijro etgan xonandalar bilan sudlashmoqda (video)

    O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning xastalanib qolgani haqidagi video tarqalganidan so‘ng “Daryo” muxbirlari ijodkor yashayotgan xonadonga borib, uning oila a’zolari bilan suhbatda bo‘lishdi. Oilaning kelini Nargiza Abduqayumova ayni kunlarda mualliflik huquqi bo‘yicha sud ishlari davom etayotgani va qaynotasining halol haqqini berishni istamayotgan “shogird”lar haqida so‘zlab berdi.

    — Bir paytlar “Men Bobomurod Hamdamovning shogirdiman” deb ko‘kragiga urib yurgan xonandalar negadir jim. Ular bir paytlar qaynotamning qo‘shiqlarini ijro etib, san’atda o‘z o‘rinlarini topishgan. Bola-chaqalarini boqib, mol-dunyo orttirishgan. Ammo videolar tarqalganidan keyin bir og‘iz telefon qilib ham hol-ahvol so‘rashmadi.Mualliflik huquqi bo‘yicha hukumat tomonidan chiqarilgan qarorlar bor. Bundan maqsad nafaqat mualliflik huquqi buzilishining oldini olish, balki ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini kelajak avlodga bus-butun yetkazishdan iboratdir. Bobomurod Hamdamovning ishonchli vakili sifatida ishlab, o‘sha shogirdlarning asl yuzini ko‘rdim.

    Bitta qo‘shiqni yaratish uchun kamida 1 000-1 500 AQSH dollari sarflanadi. Uni ommalashtirish esa alohida mavzu. Bobomurod Hamdamovning barcha qo‘shiqlari yoqimli va san’atkorlar orasida uni ijro etmaganlarini topish amrimahol. To‘g‘ri, hozirgi yosh xonandalar kam ijro etishadi, ammo “Kim ekan?” qo‘shig‘ini ko‘pchilik to‘ylarda ijro etishidan xabarim bor. O‘sha qo‘shiqni ijro etib pul topyaptimi, bunda muallifning ham haqqi bor ekanligini unutib qo‘yishyapti.

    Vaziyatni tushuntirsak, “Ustozning o‘zi rozi bo‘lgan-ku. Mana, rasmga ham tushganmiz”, deyishyapti. Rasmga hamma birga tushaveradi, ammo bu muallifning qo‘shig‘idan bemalol foydalanish huquqini bermaydi. Pulga kelganda bir nechta taniqli san’atkorlar shunchalik talashishyaptiki, hayron qolasiz. Ammo ular bir paytlar “Bobomurod ustozimdan ayrilmayman”, deb qo‘shiqlar aytishgan.

    Ayni kunlarda sud ketyapti. Bittasi jahl qilib, “Aytmasam aytmabman o‘sha qo‘shiqlarni” deyapti. To‘g‘ri, endi aytmasliging mumkin, ammo o‘z qo‘shig‘ingni yaratguncha Bobomurod Hamdamovning ijodidan foydalangansan-ku. Ular ozmuncha mablag‘ topmagan, ammo muallifga o‘shaning bir qismini berish haqida o‘ylashayotgani yo‘q.

    Aynan qaysi san’atkorlarni nazarda tutyapsiz? Ularning ism-sharifini oshkor etolasizmi?

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Yo‘q. Hozircha nomlarini oshkor etolmayman. Chunki sud hali yakunlangani yo‘q. Bobomurod Hamdamovning qo‘shiqlaridan foydalanadigan san’atkorlarning har birida bank hisob raqami bor. Kelolmagan taqdirda ham, unga pul tashlashning imkoni bor-ku. Qiynalib qolganimizni yaxshi bilishadi. Hatto videolar tarqalganidan keyin ham Alloh yo‘lida deb himmatini tashlasa bo‘ladi. Aslida bu himmat ham emas, muallifning halol haqqi hisoblanadi.

    Mualliflik huquqini buzgani uchun eng kam oylik ish haqqining 20 barobaridan 1 000 barobarigacha talon puli to‘lanadi. Bitta qo‘shiq uchun san’atkorlar qancha jarima to‘lashayotganini ko‘rib turibmiz. Ba’zi xonandalarni bilamanki, to‘y-xizmatlarida Bobomurod Hamdamovning 30 ga yaqin qo‘shig‘ini ijro etib yurishibdi. Ishonchli vakil sifatida ish yuritsam, meni yomon ko‘rishadi, “Bu kelinga pul yetkazib bo‘lmaydi”, deyishadi.

    Oilangizni yaqindan bilgan insonlar moliyaviy jihatdan qiynalib qolganingiz haqida aytishyapti. Haqiqatan ham shundaymi?

    — Qiynalib qoldik, demayman. Kimdir bir oyda bir millionni, boshqa birov esa o‘n millionni sarflaydi. Och qolayotganimiz yo‘q, amallab uy ijarasini ham to‘layapmiz. Qiyinchilik bor, ammo tabiatan nolishni yomon ko‘raman. Faqat rahbarlardan iltimos qilaman, ishni o‘z nazoratlariga olib, muallifning halol haqqini undirib berishsin, — deydi Bobomurod Hamdamovning kelini Nargiza Abduqayumova.

    Mavzuga doir:

    • “Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
    • O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamovning qizi uning mol-mulkini o‘z nomiga o‘tkazib oldi: Xonanda 81 yoshida ko‘chada qolishi mumkin
    05.12.2022, 13:35   Izoh (1)   33179
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. qsattarov924@gmail.com / 05.12.2022, 16:49

      Бобомурот огани пенсияси етмаябдими 2та республика халк артистику

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qayta tug‘ilish: o‘lim yoqasida turgan, biroq mo‘jizaviy tarzda komadan chiqqan Gollivud yulduzlari

    05.12.2022, 11:53

    Shahzoda Garri ota-onasidan ayrilgan bolalar uchun O‘rgimchak odamga aylandi (video)

    05.12.2022, 09:51

    Keyt Middltonning go‘zal va nafis bo‘lishiga yordam beradigan o‘ziga xos sirlari

    04.12.2022, 20:25

    “Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)

    04.12.2022, 14:42

    Shohrux Xonning farzandlari: Aryan, Suhana va Abram bugungi kunda nimalar bilan band?

    04.12.2022, 13:44

    Suratga olish jarayonida patrnyoriga nisbatan javobsiz muhabbatni boshdan kechirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    04.12.2022, 11:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.