• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Suratga olish jarayonida patrnyoriga nisbatan javobsiz muhabbatni boshdan kechirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    Aktyorlar film ustida oylar, hatto yillar davomida ishlaydi. Shu sababli ularning ba’zilari hamkasblariga nisbatan his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi ajablanarli emas.

    Kler Deyns Leonardo Di Kaprioni sevib qolgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Romeo + Juliyetta” filmida Juliyettaning enagasi rolini ijro etgan aktrisa Miriam Margulisning so‘zlariga ko‘ra, Klerning Leoga bo‘lgan javobsiz muhabbatiga guvoh bo‘lish uning uchun judayam og‘riqli bo‘lgan. Chunki Leo uning his-tuyg‘ulariga nafaqat javob qaytarmaydi, balki qizdan yuz o‘giradi ham.

    “Hamma Juliyetta o‘z Romeosini qanchalik sevishini ko‘rib turardi, lekin bu javobsiz muhabbat edi. Kler shunchaki Leoning ko‘nglidagidek qiz emasdi. Shuning uchun u qizga e’tibor qilishni xayoliga ham keltirmasdi”, — deydi Miriam.

    Kevin Kostner Uitni Xyustonga parvona bo‘lgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Nafaqat “Tansoqchi” filmidagi Kevin Kostnerning qahramoni, balki uning o‘zi ham taniqli qo‘shiqchini sevib qoladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uitnining oldiga birorta ham erkakni yo‘latmaydi. Suratga olish ishlari tugagandan so‘ng ham aktyor sevgilisiga xat yozib turgan.

    Xyuston vafot etganida Kostner: “U mening yagona va chin muhabbatim edi”, — deb barchaga ma’lum qilgan. Munosabatlar oshkor etilgandan so‘ng, film bosh qahramonlari o‘rtasidagi sevgi nega bunchalik ishonarli bo‘lgani oydinlashdi.

    Elizabet Perkins Tom Xenksning ishqida g‘am chekkan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yaqinda Elizabet “Katta” filmini suratga olish jarayonida Tom Xenks tufayli azob chekkanini tan oldi. Elizabetda aktyorga nisbatan his-tuyg‘ulari uyg‘ongandi, lekin Tom Xenks boshqa ayol bilan munosabatda bo‘lgan.

    “O‘sha paytda Tom Rita Uilson bilan uchrashib yurardi. Ular hali oila qurmagandi, lekin shu narsa ham meni to‘xtatib qolardi. Garchi u juda kelishgan bo‘lsa ham”, — deydi Elizabet.

    Elizabet Benks Vudi Xarrelsonni sevib qolgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Hayot-mamot o‘yinlari” filmiga bag‘ishlangan intervyuda Elizabetdan Vudi Xarrelson bilan ishlash qanday ekanini so‘rashadi. U: “Ha, bu tushdek o‘tdi-ketdi”, — deb javob beradi.

    Benks, shuningdek, o‘sha paytda hamkasbini sevib qolganini ham qo‘shimcha qiladi. Aktrisaning filmdagi qahramoni ham Xarrelson ishqida yashirincha yongan. “Ammo Vudining o‘zi Elizabetga qanday munosabatda, buni bilmayman”, — deya qo‘shimcha qiladi aktrisa.

    Kianu Rivz Sandra Bullokni maftun etgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Sandraning aytishicha, “Tezlik” filmini suratga olish paytida u tez-tez ahmoqona vaziyatlarga tushib qolgan — hammasi Kianuni sevib qolgani tufayli. Rivzning yonida u diqqatini jamlay olmay, bo‘lar-bo‘lmasga kulavergan. Shunga qaramay aktrisa uning sevgisiga umid qilmagan: “Unga yoqmaydigan nimadir bor menda deb o‘ylaganman”, — deydi u.

    Ammo Sandra adashgandi, chunki Rivzdan aktrisaning bu so‘zlariga izoh so‘rashganda, u shunday deydi: “Ochig‘i, u men ham unga befarq emasligimni bilmasdi”.

    Xelen Mirren Vin Dizelni “bir oz sevib qoladi”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Forsaj” filmning 9-qismini suratga olishdan biroz oldin Xelen mashhur teleko‘rsatuvga taklif qilinadi. U yerda aktrisa bir vaqtlar Vin Dizelga bo‘lgan his-tuyg‘ularini tan oladi.

    “Bir marta Vinning qandaydir marosimda nutq so‘zlayotganini ko‘rganman. U shu qadar aqlli, ajoyib va shu qadar kelishgan ko‘ringanki, o‘sha lahzada uni bir oz sevib qolganman”, — deydi aktrisa hazil aralash.

    Metyu Perri Jennifer Enistonga bo‘lgan his-tuyg‘ulari tufayli azob chekkan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Metyu Jenniferni afsonaviy sitkom suratga olinishidan ancha oldin sevib qolgan. U aktrisani uchrashuvga taklif qiladi, ammo rad javobini oladi.

    Ajablanarlisi shundaki, ular do‘st bo‘lib qolishadi. Lekin faqat serialda. Aktyor hamkasbi bilan gaplashayotganda o‘zini noqulay his qilardi. Axir Jennifer unga zarracha ham qiziqish bildirmagan. Ammo vaqt o‘tishi bilan film Metyuni shunchalik qiziqtirib qo‘ydiki, Jenniferga bo‘lgan muhabbati ikkinchi planga o‘tdi.

    Brays Dallas Xovard Robert Pattinsonni yoqtirib qolgan

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Sumerki” filmida suratga tushish Brays hayotida unutilmas voqea bo‘ldi, chunki u Robert Pattinson bilan yonma-yon ishlashga muvaffaq bo‘ladi.

    Brays aktyorga bo‘lgan ishqi deyarli telba bo‘lish darajasiga yetganini tan oladi. U Robga shunchalik oshiq bo‘lganki, aktyorning yuzi tushirilgan stikerlar to‘plamidan faol foydalanadi. Bunday stikerlarni uning ahvolidan xabardor bo‘lgan do‘sti tayyorlab beradi.

    Mavzuga doir:

    • “Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar
    • Yig‘lamasdan ko‘rolmaysiz: Odamlar va jonivorlar do‘stligi haqidagi eng ajoyib filmlar
    • Biz ko‘rmagan sahnalar: turli sabablarga ko‘ra mashhur film va seriallarning kesib tashlangan kadrlari (foto)
    • Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)

    04.12.2022, 11:45   Izoh (0)   24673
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Uchinchi bor ona bo‘lgan Oyxon Iforzoda, Nargiza Abdullayeva xonadonidagi shodiyona, Zohid Risqiyevning rafiqasi uning uchun duo so‘ramoqda

    03.12.2022, 22:41

    Xonanda Jasur Umirov uylandi (video)

    03.12.2022, 22:12

    “Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)

    03.12.2022, 21:47

    Anvar Sanayevning kliplari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Botir Mo‘minov hozir nimalar bilan band?

    03.12.2022, 20:05

    Gollivud yulduzi Juliya Roberts karyerasidan 20 yillik tanaffus olishga nima turtki bo‘lgani haqida gapirdi

    03.12.2022, 16:01

    Otasiz bolalik, erkaklarga ishonchsizlik: “Fazilat xonim va qizlari” seriali yulduzi Afra Sarachog‘lu haqida qiziqarli ma’lumotlar

    03.12.2022, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.