Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Federatsiya kengashining davlat qurilishi va konstitutsiyaviy qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas safarbarlik boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan rossiyaliklar uchun “iqtisodiyotning ta’sirchan sohalari”da masofadan ishlashni cheklab qo‘yishni taklif qildi.

Andrey Klishas

Andrey Klishas
Foto: “Vedomosti”

Klishas “Vedomosti” gazetasiga ma’lum qilishicha, hukumat ketib qolgan rossiyaliklar uchun “chet eldagi hayotni noqulayroq qiladigan” chora-tadbirlarni ishlab chiqishi mumkin.

“Ularning ko‘pchiligi qochib ketdi, lekin Rossiya kompaniyalarida masofadan turib ishlashda davom etmoqda. Biz odamlarga u yerda (chet elda) ishlab, lekin pulni bu yerdan olish imkoniyatini berayotgan hamda ularning barchasi soliqlarni to‘layaptimi, yo‘qmi — buni tushunarsiz qilib qo‘yayotgan qonunlarni o‘zgartirib, bu sxemalarni cheklay olamizmi? Albatta”, — dedi Klishas.

Sentabr oyida safarbarlik boshlangach, Rossiya aholisining ko‘pchiligi qo‘shni mamlakatlarga jo‘nab ketdi, asosiy yo‘nalishlar Qozog‘iston, Gruziya va Finlyandiya bo‘ldi. Xususan, Qozog‘istonga 400 mingdan ortiq odam, Gruziyada 700 mingdan ziyod rossiyalik ketgan, hozir esa ularning har ikkisida 100 ming nafardan rossiyalik qolgan.

Rossiyalik senator Andrey Klishas — Runetni izolyatsiya qilish, feyk yangiliklar va hukumatga hurmatsizlik to‘g‘risidagi qonunlar mualliflaridan biri.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg