Angliya terma jamoasi futbolchilarini Rahim Sterlingning uyiga talonchilar kirgani hayratda qoldirdi.
JCH—2022 1/8 finalidan o‘rin olgan Angliya va Senegal terma jamoalari o‘rtasidagi bahsdan (3:0) avval Rahimning Londondagi uyiga o‘g‘rilar kirgani ma’lum bo‘lgandi. Sterling oilasining yoniga, Angliyaga qaytib ketgan.
Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Angliya terma jamoasining boshqa futbolchilari ushbu voqeadan so‘ng o‘z uylarida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.
“Chelsi” a’zosi tez orada Qatarga qaytish istagida. Rahim faqatgina oila a’zolariga shikast yetmaganiga ishonch hosil qilmoqchi bo‘lgan.
Sterling JCH—2022 da 2 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Angliya keyingi o‘yinini 11-dekabr kuni chorak final doirasida Fransiyaga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)