Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” va Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Junior Nike kompaniyasining unga munosabatidan norozi va shartnomani bekor qilmoqchi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Vinisius Amerika kompaniyasi unga yetarlicha baho bermayapti deb hisoblaydi, xabar beradi AS. Shu sababli 22 yoshli futbolchi Nike bilan 2028-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomani bekor qilmoqchi.

Futbolchining e’tiroziga asosiy sabab, Jahon Chempionati uchun Nike tomonidan tayyorlangan reklama roligi bo‘ldi. Nike Braziliyaning texnik hamkori hisoblanadi va JCH—2022 uchun ular asosiy e’tiborni Rodrigo Goes va Risharlisonga qaratdi.

“Tottenhem” forvardi Nike’ning JCH—2022 uchun yangi liboslar taqdimotida asosiy yuzga aylandi.

Vinisius mundialda yangi kolleksiyadan foydalanmasdan, avvalgi kolleksiyaga tegishli bo‘lgan Mercurial butsalarida to‘p surmoqda.

Nike braziliyalik futbolchi bilan 9 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda
Salomatlik
Shamollash, milk kasalliklari, stress: davosi sabzavot va mevalar bo‘lgan yana 6 kasallik 
Mahalliy
Qashqadaryodagi mavjud yer-maydonlarining 2,5 mln gektari Uzkad tizimiga kiritilgani maʼlum bo‘ldi