Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazmda sug‘oriladigan yerda noqonuniy ravishda sun’iy baliq ko‘li tashkil qilinib, davlatga 15,4 mlrd so‘m zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan olib borilgan tekshirishda fuqaro Sh.G. Yangiariq tumani “Qo‘riqtom” mahallasi hududidagi “B.T.I.” fermer xo‘jaligiga ajratilgan 34 ball bonitetli jami 40,7 gektar sug‘oriladigan yer maydonining 37,9 gektar qismida noqonuniy ravishda sun’iy baliq ko‘li tashkil qilgani aniqlangan.

Buning oqibatida tuproqning unumdorlik qatlamini buzib, davlat manfaatlariga 15,4 mlrd so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan “B.T.I.” fermer xo‘jaligi rahbari G.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 197-moddasi va boshqa tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Mavzuga doir: Sirdaryoda 3 gektar sug‘oriladigan yerda baliqchilik ko‘li tashkil etib, 1,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan fermer ushlandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova