Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaliklar bu shokoladli shirinlikni xuddi shu nomdagi yong‘oqlarga juda o‘xshashligi uchun “kashtan” deb ataydi. Shirinliklar yeryong‘oq pastasidan tayyorlanadi. “Noviy ochag” nashri taqdim etgan ushbu retsept bayram dasturoxonini shohona shirinlik sifatida bezaydi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Kerakli mahsulotlar:

  • yeryong‘oq pastasi — 400 gramm;
  • sariyog‘ — 100 gramm;
  • vanil — 0,5 osh qoshiq;
  • shakar upasi - 250 gramm;
  • shokolad — 200 gramm. 
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Yeryong‘oq pastasi, sariyog‘, vanil va shakar upasi aralashtiriladi. So‘ngra dumaloq sharchalar yasalib, listga terib chiqiladi.
  2. Har bir shirinlik tepasiga tish kavlagich tiqib chiqiladi va taxminan 30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  3. Shokolad bug‘ yordamida eritib olinadi va aralashma bir xil suyuqlikka aylanguncha aralashtiriladi.
  4. Muzlagan sharchalar tish kavlagich yordamida shokoladga botirib olinadi. Kashtanga o‘xshashi uchun yuqori qismida biroz yeryong‘oq pastasi qoldiriladi.
  5. Shokoladli kashtanlar dasturxonga tortilgunga qadar yana muzlatkichga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zsanoatqurilishbank” kapitaliga 125 million dollar, “Asakabank”ka 100 million dollar jalb etiladi
Mahalliy
Ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan korxonalar ro‘yxati tasdiqlandi
Dunyo
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelmoqchi