Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda “Mahalla. Muammo. Mulohaza” loyihasini taqdim etib kelmoqda. Loyihaning 9-soni mavzusi “Toshkent yashash uchun qulaymi?” bo‘lib, dastur mehmoni sifatida Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev taklif etildi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Doniyor G‘aniyev shahardagi tirbandliklarni, mashinalarning yirik oqimini kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqida fikrlarini bildirdi.

Tirbandliklarni yo‘qotish uchun avtomobil minishni qimmatlashtirishimiz kerak. Shahar markazlariga kirish uchun to‘lovlar joriy qilishimiz kerak. Buni men Londonda, Singapurda ko‘rgandim 10 yillar avval. G‘ildirakni qayta kashf qilish shartmas, uni ishlatishimiz kerak.

Shu bilan birga parallel ravishda jamoat transportini rivojlantirishimiz kerak.

Parkovkalar pullik qilinsa, har kuni faqat uydan ishga borib, keyin yana uyiga qaytadigan odam o‘ylashni boshlaydi: “Har kuni faqat ikki marta foydalanadigan mashinamda borib, parkovkani band qilishim iqtisodiy jihatdan mantiqlimi?”. Resurs bitta, lekin unga talabgor ko‘p.

Boshqa tomondan, mashinadan voz kechgan odamga qanaqa rag‘bat bor? Masalan, hech qanday rag‘bat bo‘lmasa, buyoqda yo‘llar bemalol, parkovkalar tekin bo‘lsa, men o‘zimga qulayini tanlab, mashinada yuraman.

Agar jamoat transportini rivojlantirib, mashina haydashni qimmat qiladigan bo‘lsak, ishonchim komil, aholining katta qismi ko‘ngilli tarzda jamoat transportiga o‘tadi.

Shunda biz 4 yo‘lakli yo‘lni 8 taga kengaytirmasdan, 2 taga qisqartirarmiz va yo‘lning qolgan qismiga daraxt ekarmiz, — deydi deputat.

 

Ko‘rsatuvni to‘liq tarzda “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilish mumkin.

 

Izoh

Bahtiyor Tursunov

04.12.2022, 12:56

Bu qivun deputatlar qachongacha axolini talashni taklif qiladi? Uni oʻrniga yoʻllarni kengaytirish kerak, aylanma yoʻllarni koʻpaytirish kerak taklifniyam berarmikin?

Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda