Ijtimoiy tarmoqda keng muhokamaga sabab bo‘lgan, Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi inspektori xizmat kiyimidagi “Qashqadaryo Respublikasi” yozuvi bilan bog‘liq holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.
Ushbu holat tegishli ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, quyidagi xulosaga kelingan. Transport vazirining 2021-yil 29-oktabrdagi 208-sonli buyrug‘iga asosan, xizmat kiyimi bo‘yicha qator tavsiflar tasdiqlangan bo‘lib, boshqarma inspektori H.J. tomonidan mazkur talablardan biri qo‘pol ravishda buzilgan.
Shuni hisobga olib, inspektor H.J.ga hamda o‘ziga yuklatilgan vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan bir qator xodimlarga tegishli tartibda intizomiy choralar ko‘rildi.
Mavzuga doir: Ishga mast holda kelgan Toshkent metropolitenining ikki xodimi ishdan bo‘shatildi
Izoh (0)