Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Russian Creative Awards g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

Tadbirda Rossiyada “Yil homiysi” nominatsiyasida milliarder, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Alisher Usmonov g‘alaba qozondi. 

Usmonov 2005-yilda tashkil qilingan “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasi asoschisi hisoblanadi. 

Bu ismni hamma biladi, lekin qanday noyob shaxs ekanligini hamma ham bilavermaydi. Bu odamda insonga ta’sir qiladigan, uning o‘zi haqidagi tasavvurini o‘zgartiradigan narsalar bor: kuch, pul va shon-shuhrat. Va bunday sinovlarga hamma ham dosh bera olmaydi. Odamlar o‘zgaradi va doim ham yaxshi tomonga emas. Alisher Usmonov o‘zining o‘zgarishlaridan qochdi. Men ushbu mukofotni topshirganimdan juda xursandman va unga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman, — dedi Rossiya xalq artisti Andrey Konchalovskiy.

Alisher Usmonovning xayriya jamg‘armasi O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.

 

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?
Mahalliy
Nukusda gaz portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizaloq qutqarildi, bir kishining jasadi topildi 
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar