Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonda pilot loyihaning birinchi bosqichi doirasida raqamli rupiydan (CBDC-R) chakana savdo bozorida hisob-kitoblar uchun foydalanish boshlandi. Bu haqda Indian Express xabar bermoqda.

Foto: RBI

Foto: RBI

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston zaxira banki dastlab to‘rtta shaharda elektron valyuta hisob-kitoblarini yo‘lga qo‘ygan: Nyu-Dehli, Mumbay, Bangalor va Bhubanesvar.

Loyihada Hindiston Davlat banki, ICICI Bank, Yes Bank va IDFC First Bank ishtirok etmoqda.

Keyinchalik, CBDC-R emissiyasi Hindistonning yana to‘qqiz shahrida boshlanadi va unga to‘rtta qo‘shimcha bank jalb qilinadi: Bank of Baroda, Union Bank of India, HDFC Bank, Kotak Mahindra Bank.

 

Chakana raqamli rupiy qonuniy to‘lov vositasi va naqd pulning elektron versiyasidir.

U birinchi navbatda xususiy sektor, moliyaviy bo‘lmagan iste’molchilar va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan chakana savdo operatsiyalari uchun mo‘ljallangan.

Raqamli rupiylardan test rejimida foydalanish ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda sodir bo‘ladi.

Ulgurji savdoda CBDC-R’dan foydalanish banklararo bozorni yanada samaraliroq qilishi kutilmoqda.

Raqamli rupiy foydalanuvchilarga kriptovalyutalar bilan bog‘liq hech qanday xavf-xatarsiz bir xil raqamli valyuta tajribasini taqdim etadi, — dedi Markaziy bank.

Regulyatorga ko‘ra, raqamli valyutalar virtual valyutalarning afzalliklariga ega. Shu bilan birga ular iste’molchilarni xususiy virtual valyutalar muomalasi bilan bog‘liq ijtimoiy va iqtisodiy xavflardan himoya qiladi.

Kelgusida pilot loyihaning ishlanmalari raqamli rupiydan turli tranzaksiyalar va xalqaro to‘lovlarda foydalanish imkonini beradi, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Yaponiya banki 2023-yilda raqamli iyenani amaliy sinovdan o‘tkazishni boshlashi haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov