Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eronda xavfsizlik kuchlari mamlakat terma jamoasining Jahon chempionatidagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigitni otib o‘ldirdi. Bu haqda Al-Arabia xabar berdi.

Foto: Twitter/@IHRights

Foto: Twitter/@IHRights

Marhum Mehran Samak 27 yoshda bo‘lib, Bandar Anzaliy shahrida Eron terma jamoasining mag‘lubiyati va jahon chempionatidan chetlatilganini nishonlayotgan yig‘inda xavfsizlik kuchlari tomonidan boshiga o‘q uzib o‘ldirilgan. Eron adliya idorasi Samakning o‘limini tasdiqlab, u AQSH va Eron o‘yinidan keyin qushni otish jarayonida o‘q tegib, vafot etganini ma’lum qildi.

“Ushbu shubhali voqea sodir bo‘lishi bilanoq bu masala bo‘yicha sud ishi ochildi va uni shahar prokurori ko‘rib chiqmoqda”, —deyiladi xabarda.

28-noyabr kuni AQSH Eronni 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Eronliklar 29-noyabr kuni erta tongda Eron jamoasining mag‘lubiyatini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqqan. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida ko‘plab eronliklar o‘z milliy futbol jamoasiga qarshi chiqqan. Ular jamoani Eron xalqidan ko‘ra rejim vakili sifatida ko‘rishadi.

Mavzuga doir:

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?