Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Tayvanga 10 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatishga tayyor, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Bloomberg muxbiriga tayanib.

Foto: EPA

Foto: EPA

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH qonunchilari “Xitoydan kelayotgan tahdidlar va keskinlikning kuchayishi” sharoitida Tayvanning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun 10 milliard dollargacha mablag‘ ajratishga tayyor.

Avvalroq The Wall Street Journal Kongress va AQSH hukumatidagi manbalarga tayanib, Amerika hukumati harbiy yordamning katta qismi Ukrainaga yo‘naltirilgani sababli Tayvanni barcha zarur qurollar bilan ta’minlay olmasligidan xavotirdaligi haqida yozgandi.

Vashington Tayvanga qariyb 19 milliard dollarlik qurollarni sotishda kechikmoqda, deyiladi gazeta xabarida.

Xususan, orol AQSHdan haligacha 208 ta Javelin tankga qarshi komplekslari va 215 ta Stinger zenit-raketa komplekslarini olmagan, ular uchun buyurtma 2015-yil dekabrda berilgandi, deb yozadi WSJ.

8-noyabr kuni Tayvan prezidenti Say Inven tez orada Xitoyning Tayvanga bosqini yuz berishi mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy hukumati asta-sekin Tayvan bo‘g‘ozini nazorat ostiga olmoqda, bu esa kelajakda orolni qamalda qoldirishi mumkin.

Oktabr oyi o‘rtalarida Xitoy yetakchisi Si Szinpin Pekin Tayvandagi separatizmga va boshqa mamlakatlarning orol ichki ishlariga aralashuviga qarshiligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, Xitoy rahbariyati Tayvan bilan “tinch yo‘l orqali birlashish” tarafdori, ammo kuch ishlatishni ham istisno qilmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov