Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya parlamenti a’zolaridan iborat delegatsiya Tayvanga tashrif buyurdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Delegatsiyaga Jamoatlar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Alisiya Kirns boshchilik qilmoqda.

“Tayvan Britaniya parlament palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zolarini samimiy kutib oladi. Besh kunlik tashrif muvaffaqiyatli o‘tishini tilab qolamiz”, — deyiladi orol tashqi ishlar vazirligining Twitter’dagi sahifasida.

Tayvan TIV 29-noyabrdan 3-dekabrga qadar Jamoatlar palatasining tashqi ishlar qo‘mitasining yetti kishilik delegatsiyasi Tayvanga tashrif buyurishini ma’lum qilgan. Tashrif chog‘ida Britaniya delegatsiyasi, orol ma’muriyati rahbari Say Inven, Milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Gu Lisyun, tashqi ishlar vaziri U Chjaose bilan uchrashadi.

Oktabr oyi boshida Tayvan o‘zining havo hujumidan mudofaa zonasiga Xitoy harbiy-havo kuchlari keng ko‘lamda kirgani haqida xabar bergan. Shu fonda Si Szinpin Tayvan bilan tinch yo‘l orqali “birlashish”ga va’da bergan.

O‘z navbatida AQSH prezidenti Jo Bayden Pekin agressiyasi yuz bergan taqdirda, Tayvanga yordam berishni va’da qilgan va orolda harbiy zaxira tayyorlashni boshlagan. Xitoy raisi Si Szinpin mamlakat armiyasi harbiy shaylik va har qanday urushga tayyorgarlikni har tomonlama kuchaytirishini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi