Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialida murakkab transplantatsiya amaliyoti — buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bemor Davron Rajabov — Bog‘ot tumanidan. U ko‘p yillardan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelgan. So‘nggi paytlarda esa ahvoli yanada og‘irlashgan. Shifoxonaga murojaat qilganida mutaxassislar unga so‘nggi chora sifatida transplantatsiya amaliyotini tavsiya etgan.

Donorlik uchun turmush o‘rtog‘i — Kamola Sa’dullayevaning tibbiy tahlil natijalari mos kelgan. Ayoli esa eriga bir buyragini berishga qaror qilgan.

Operatsiya olti soatdan ko‘proq vaqt davom etgan. Uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va viloyat filiali jarrohlari o‘zaro hamkorlikda bajargan.

“Muhimi, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Har ikkisida tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ushbu buyrak transplantatsiyasi viloyatda o‘tkazilgan shu turdagi sakkizinchi noyob amaliyot hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi
Dunyo
“Ikkinchi Chernobil” — Dunaydagi ekologik halokat, qimmatbaho kartinalar ortilgan Boeing’ning bedarak yo‘qolishi va Gandiga uyushtirilgan suiqasd. Kun xronologiyas...
Moliya
Chorva mollaridan avtomobilgacha: nega o‘zbekistonliklar o‘z jamg‘armalarini bankda saqlamaydi?