Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasida issiq suv ta’minotida yuzaga kelgan uzilishlar haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, ushbu shifoxona 2012-yilda tashkil etilgani bois tibbiyot muassasasining isitish tizimi butunlay yaroqsiz holga kelib qolgan. Xususan, so‘nggi paytlarda suv quvurlari nosoz bo‘lib, bu holat shifoxonada davolanayotgan bemorlarni issiq suv bilan ta’minlashda turli muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bundan tashqari, ba’zi xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, davolash muolajalarini to‘liq amalga oshirishning imkoni yo‘q.

Shu sababli Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar yakuniga ko‘ra, ushbu maxsuslashtirilgan tibbiyot muassasasi ish faoliyati to‘xtatildi.

Bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish maqsadida mazkur shifoxona 1-dekabrdan vaqtincha Respublika maxsus 2-sonli Zangiota shifoxonasiga ko‘chiriladi. Endilikda faoliyati to‘xtatilgan obyektda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov