Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning yanvar—oktabr oylaridagi O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan savdo aylanmasi qanday bo‘lgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, yil boshidan beri MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2021-yilning mos davriga nisbatan 1,5 foizga oshdi. Boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 1,5 foizga kamayib, 60,4 foizni tashkil etdi.

Foto: Review

Foto: Review

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022-yil yanvar—oktabr holatiga ko‘ra 27 foizga o‘sib, 15,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shundan eksport — 45,9 foizga o‘sib, 6,4 mlrd dollar, import esa — 16,8 foizga o‘sib, 9,5 mlrd dollar qiymatida qayd etildi.

MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya (47 foiz), Qozog‘iston (23 foiz) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6 foiz) davlatlari bilan qayd etildi.

Avvalroq O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi