Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Joriy yilning yanvar—oktabr oyi uchun O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasida yuz bergan o‘zgarishlar tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning yanvar—oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari tashqi savdo hajmi 14,9 foizga o‘sib, 5,2 mlrd dollarga yetdi, bu umumiy savdo hajmining 14,3 foizini tashkil etdi.

Shu bilan birga O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport 2,2 mlrd dollarni (o‘sish 17,3 foiz), importi esa 3 mlrd dollarni (o‘sish 13,2 foiz) tashkil etdi.

2022-yilning yanvar—oktabr oylari yakunida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi:

Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 3,3 mlrd dollarni (o‘sish 16,4 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 1 mlrd dollarga, import hajmi esa 2,3 mlrd dollarga yetdi.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 867 mln dollarni (o‘sish 26,6 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 683,4 mln dollarga, import hajmi esa 183,6 mln dollarga yetdi.

Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 569 mln dollarni tashkil etib, eksport hajmi 154,1 mln dollarga, import hajmi esa 414,9 mln dollarga yetdi.

Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 352,6 mln dollarni (o‘sish 13,9 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 352,6 mln dollarga, import hajmi esa 117,2 mln dollarga yetdi.

Foto: Review

Foto: Review

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi — 63 foiz.

Qolgan qismi: Qirg‘iziston — 17 foiz, Turkmaniston — 11 foiz va Tojikiston — 9 foiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi