Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Istanbulda 24—26-noyabr kunlari Butunjahon halol sammiti doirasida o‘tkazilgan halol taomlar chempionatida O‘zbekiston oshpazlari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Foto: Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati

Turizm va madaniy meros vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur chempionatda O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi ikkita kumush va bitta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Xususan, Abu Hurayra To‘ychixo‘jayev “Zamonaviy oshxona — go‘shtli taom” va “Baliqli taom” nominatsiyalari bo‘yicha ikkita kumush, Elyorbek Mirbaboyev “Zamonaviy oshxona – go‘shtli taom” nominatsiyasida kumush va Shohruzxon Ibragimov “Baliqli taom” nominatsiyasida bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Sammitda 80 ta davlatdan delegatlar va mehmonlar ishtirok etgan bo‘lib, u Turkiya prezidenti homiyligida, Islom savdosini rivojlantirish markazi (ISDT) va Islom mamlakatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC), shuningdek, Butunjahon Islom pazandachilik platformasi (WICS) ko‘magida o‘tkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi