Ayni vaqtda Navoiy shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Prezident nomzodning taqdimoti bilan tanishar ekan, Navoiyda 2023-yilda ijtimoiy muammolarni hal etishga qo‘shimcha 655 milliard so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yana 750 milliard so‘m resurs ajratilishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, agrar soha, ichimlik suvi va avtomobil yo‘llari loyihalariga qo‘shimcha 180 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berildi.
Bu imkoniyatlardan foydalanib, kelasi yil 240 ming aholi bandligini ta’minlash shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
“2023-yil yakuni bilan Navoiy kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanishi shart va zarur”, — dedi davlat rahbari.
Tuman hokimlari har oy mahalliy kengashga mahalla raislari va faollari oldida hisobot berishi ta’kidlandi.
Bundan buyon viloyatda Administratsiya vakillari ish olib borishi, ular viloyatda aholini qiynayotgan muammoli masalalarni tezkor yechish masalalari bilan shug‘ullanishi qayd etildi.
Izoh (0)